Korrupsiyaga qarshi kurashish

Bosh sahifa Korrupsiyaga qarshi kurashish

Korrupsiyaga qarshi kurashish


Universitetda “Yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi madaniyat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sherali Zayniyev korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida ma’ruza qildi.
“Yoshlar korrupsiyaga qarshi" mavzusida o‘tkazilgan “Eng yaxshi insho” tanlovi g’oliblari taqdirlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan “Korrupsiyasiz taʼlim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
1. Buxoro davlat texnika universitetida talabalarning bilim va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ularni ijtimoiy faollikka jalb etish maqsadida quyidagi bir nechta tanlovlar g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi:
2.Buxoro davlat texnika universitetida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi Universitetda “Yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi madaniyat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sherali Zayniyev korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta’limda shaffoflikni ta’minlash, halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
3. “Korrupsiyaga qarshi kurashish – ustuvor vazifa” Buxoro davlat texnika universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlangan targ‘ibot-tushuntirish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sherali Zayniyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 27-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda PF-270-sonli Farmon mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Mazkur tadbir universitetimizda sog‘lom muhitni mustahkamlash, ta’lim jarayonida adolat va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga xizmat qiladi.
4.YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI KORRUPSIYAGA QARSHI Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda profilaktik davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, oliy ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, halollik hamda qonuniylik madaniyatini yuksaltirish, shuningdek ta’lim muassasasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbatida universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Marhabo Pardayeva, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Buxoro viloyati boshqarmasining alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Rustam Ochilov, “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Feruz Bafoyev hamda universitet profilaktika inspektori Fayoz Farmonov ishtirok etdilar. Tadbir davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, huquqiy javobgarlik masalalari va yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash bo‘yicha muhim tavsiyalar bildirildi.
Buxoro davlat texnika universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Moliyaviy huquqbuzarlik hamda yashirin iqtisodiyotga toqatsizlik pozitsiyasini shakllantirish” mavzusida universitet talabalarining huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi. Seminarda talabalarga moliyaviy huquqbuzarliklarning jamiyat va iqtisodiyotga salbiy ta’siri, yashirin iqtisodiyotning oqibatlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, komplayens nazorat tizimining mazmun-mohiyati, uning ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdagi o‘rni tushuntirildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, amaliy misollar asosida moliyaviy intizom va qonunchilikka rioya qilishning ahamiyati muhokama qilindi.
5.Buxoro davlat texnika universitetida “Yoshlar va qonun: korrupsiyaning oldini olishning huquqiy asoslari” mavzusida akademik guruh sardorlari ishtirokida umumprofilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi sho‘ba mudiri Behzod Raxmanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sherali Zayniyev hamda mas'ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari hamda yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari haqida ma’ruza qilindi.
6.Buxoro davlat texnika universiteti „Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tyutorlar ishtirokida „Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning mazmun-mohiyati, ularning kelib chiqish sabablari hamda salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik talablari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.