
Universitetga magistratura mutaxassisliklariga qabul 1999-2000 o‘quv yilidan boshlangan bo‘lib, 2003-2004 o‘quv yiligacha mutaxassisliklar tegishli fakultet dekanatlariga qarashli bo‘lgan. 2003 – 2004 o‘quv yilidan 2006-2007 o‘quv yiligacha “Magistratura bo‘limi” ni dots. Usmonov Axtam Usmonovich boshqargan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligining 2007 yil 29 dekabrdagi № 269 – sonli buyrug‘iga asosan 2007 -2008 o‘quv yilidan “Magistratura bo‘limi” qaytadan tashkil qilinib, unga dotsent Shomurodov Toyir Ramazonovich boshliq etib tayinlangan. 2018-2024 o‘quv yillarida prof. Nizamov Aslitdin Badreddinovich boshqargan. 2024-yildan hozirgacha magistratura bo‘lim faoliyatiga filologiya fanlari doktori, professor To‘xtayeva Zebo Sharifovna rahbarlik qilib kelmoqda.
Magistratura bo‘limida o‘quv jarayoni talab darajasida tashkil qilingan bo‘lib, fanlarning o‘quv – uslubiy ta’minoti hamda moddiy – texnika bazasiga asosiy e’tibor qaratilgan. Magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tanlashda buyurtmachi talabi, mavjud ishlab chiqarish muammolari va ilmiy tomonidan asoslanganlik mezonlari asosiy omillar sifatida qabul qilingan.
Magistrantlar tegishli kafedralarning ilmiy – tadqiqot ishlariga to‘liq jalb qilinishlari bilan bir qatorda kafedralarda laborant, kabinet mudiri hamda bakalavrlarga amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini soatbay, 0,25 yoki 0,5 hissa assistent lavozimlarida o‘tmoqdalar.
Bundan tashqari magistrantlar asosan 0,5 hissada Buxoro shahrida joylashgan kasb – hunar maktablari, texnikumlar va ishlab chiqarish korxonalarida o‘z sohalari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Magistraturani tugatayotgan bitiruvchilarning ko‘pchiligi universitetda qolib doktoranturada o‘qishni davom ettirish istagida.
Hozirda 23 ta mutaxassislik bo‘yicha 484 nafar talaba magistraturada ta’lim olmoqda. Shularning 248 nafari 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilari hisoblanadi.
Magistraturada o‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi "Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 36-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Magistratura to‘g‘risida"gi Nizom, 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi.
dekanatlar va kafedralarga magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, ularga takdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashishni;
o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;
institut barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiklashtirish va nazorat kilishni;
magistrlarni o‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni;
magistrlar tayyorlash masalalarini taxlil kilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.