Oliygohda ekofaol talabalar ishtirokida plogin o‘tkazildi
Buxoro davlat texnika universitetida ekofaol talabalar tomonidan “Tabiatni asra — kelajakni yarat!” shiori ostida “Yashil Universitetim” plogin aksiyasi tashkil etildi.
Tadbirda dastlab rektor Sadoqat Siddiqova universitetni yashil kampusga aylantirish zarurligi va ekologik madaniyatni oshirishning ahamiyatini tushuntirdi. Shundan so‘ng, talabalar oliygoh kampusida chiqindilarni yig‘ish va tozalash ishlarini amalga oshirdilar.
Tadbirda barcha talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining ekologik mas’uliyatlarini namoyish etdilar. Ushbu tadbir nafaqat oliygoh hududining tozaligini ta'minlash, balki yoshlarni ekologik masalalarga jiddiy yondashishga undash maqsadida o‘tkaziladi. Ekofaol talabalar har doim bunday tashabbuslarda faol ishtirok etib, o‘zgarishlarga hissa qo‘shishmoqda.