Elektr va energetika muhandisligi

Bosh sahifa Elektr va energetika muhandisligi

Elektr va energetika muhandisligi


Kafedra mudiri

Latipov Saidmurod Tuyg'unovich

  • Qabul vaqti: Seshanba-Payshanba kunlari 10:00-13:00
  • Telefon: +998 91 979 88 22
  • Email: stlatipov@gmail.com

«Elektroenergetika» kafedrasi 1977 yilda M. T. Turdievning rahbarligida institut rektorining buyrug’iga asosan «Umumiy elektrotexnika» nomi bilan institutning «Umumiy texnika fanlari» kafedrasidan ajratilib tashkil etilgan. Kafedra 1978 yildan kechki bo’limga «Sanoat korxona-larining, shaharlarni va qishloq xo’jaligini elektr ta’minoti», 1985 yildan kafedra kunduzgi bo’limga «Elektroenergetika», 1998 yildan «Elektroenergetika» yo’nalishi muallim-energetiklar, 2000 yildan kafedrada «Elektr ta’minoti» (sohalar bo’yicha) msgistratura mutaxassisligi bo’yicha talabalar qabul qila boshlandi.
Kafedraga Turdiyev M. T. 1977-1985 yillar va 1994-2005 yillar, 1985 yildan 1994 yilgacha Abdullaev A. M., 2005 yildan 2011 yilgacha Sadullaev N. N., 2011-2018 yillar Maxmudov M. I., 2018-2019 yillar Xafizov I. I. mudirlik qildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 10 iyuldagi buyrug'iga asosan yangi 3 ta kafedra tashkil qilindi. “Elektr mexanikasi va texnologiyalari” kafedrasiga dotsent I.I.Xafizov mudirligida (2019 - 2024 yillar) 60710700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari yo’nalishida bakalavr va 70710701 - Elektr mexanikasi va 70710703 - Elektr texnik majmualar va tizimlar mutaxassisliklarida magistrlar tayyorlandi. “Energetika” kafedrasiga dotsent R.B.Jalilov mudirligida (2019 - 2024 yillar) 60710500 – Energetika va 60710600 – Elektr energetikasi yo’nalishlarida bakalavr va 70710503-Sanoat issiqlik energetikasi mutaxassisligida magistrlar tayyorlandi. “Energoaudit” kafedrasida M.I. Mahmudov mudirligida (2019 - 2024 yillar) 60710900– Energiya tejamkorligi va energoaudit va 60711000 – Muqobil energiya manbalari yo’nalishlarida bakalavr va 70710901 - Energiya tejamkorligi va energoaudit va 70710411 – Muqobil energiya manbalari mutaxassisliklarida magistrlar tayyorlandi.
2024-2025 o’quv yilida Universitet ichki tuzilmasida o’zgarishlar natijasida 3 ta kafedra negizida 1 ta “Elektr va energetika muhandisligi” kafedrasi tashkil qilindi. 2024-2025 o’quv yilida N.N. Mirzayev “Elektr va energetika muhandisligi” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bordi. 2025-2026 o’quv yilining boshidan hozirgi kungacha kafedra mudiri sifatida dotsent Latipov Saidmurod Tuyg’unovich rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 3 nafar professor, 23 nafar dotsent, 7 nafar katta o’qituvchi, 9 nafar assistant va 9 nafar o’qituvchi-stajyorlar faoliyat olib bormoqda


Kafedra mudiri: t.f.n
Latipov Saidmurod Tuyg'unovich


Texnika fanlari doktori,professor.
Vaxitov Mubin Muminovich


Texnika fanlari doktori,professor.
Maxmudov Maxsud Idrisovich


Texnika fanlari doktori,professor.
Jalilov Rashid Babakulovich


Kafedra dotsenti
Mirzoyev Narzullo Nuriddinovich


Kafedra dotsent
Xafizov Islom Ikramovich


Texnika fanlari doktori,professor.
Shaymatov Boboqul Xolmurodovich


dotsent
Xojiyev Qayim Beshimovich


dotsent
Toyirov Zuvur


Kafedra dotsent
Mirxonov O`tkir Qahramonovich

Kafedra dotsent
Nurov Siroj Sobirovich


Kafedra dotsent
Babanazarova Nargisa Kamilovna.


Kafedra dotsent
Nematov Laziz Alisherovich


Kafedra dotsent
Shoboyev Alisher Hikmatilloyevich

Kafedra dotsent
Nematov Shuxrat Nasullo o'g'li


Kafedra dotsent
Mamedov Rasul Akif o'gli

BAKALAVRIAT

60710500 - Elektr muhandisligi

60710400 - Energetika muhandisligi

60711000 -Muqobil energiya manbalari

60710700 -Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari

60710900 - Energiya tejamkorligi va energoaudit

60710500 - Energetika (issiqlik energetikasi)

60710600 - Elektr energetikasi (tarmoqlar bo‘yicha)

60712100 – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


MAGISTRATURA

70710701 - Elektr mexanikasi (tarmoqlar bo‘yicha)

. 70710703 - Elektr texnik majmualar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha)

70710901 - Energiya tejamkorligi va energoaudit (tarmoqlar bo‘yicha)

70710407–Elektr ta’minoti (tarmoqlar bo‘yicha)

70710411–Muqobil energiya manbalari(tarmoqlar bo‘yicha)


Kafedrada 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo’yicha doktorantura va 3 ta ilmiy ixtisoslik bo‘yicha:
05.05.01 – Energetika tizimlari va majmualari
05.05.02 – Elektrotexnika. elektrenergetik stansiyalari, tizimlari. elektrotexnik majmualar va qurilmalar
05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturada mavjud bo’lib jami 20 ta izlanuvchi ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
Kafedrada 05.05.01-Energetika tizimlari va majmualari 05.05.06- “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosliklaridan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun PhD.03/27.09.2024.T.101.05 raqamli ilmiy kengashga faoliyat olib bormoqda

Bakalavriat:

  1. 1. Nazariy elektrotexnika
    2. Energomenejment
    3. Elektr texnologik qurilmalar
    4. Elektr mashinalar / Elektr qurilmalar
    5. Elektr yoritish
    6. Elektr energiyasi o'lchov va nazorat asboblari
    7. Elektr tarmoqlari va tizimlari
    8. Elektr ta'minoti tizimining montaji va ishlatish
    9. O'tkinchi jarayonlar
    10. Elektr stansiyalari va podstansiyalari
    11. Elektr energiya hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimlari
    12. Issiqlik texnikasi
    13. Elektrotexnika va elektronika
    14. IESda yoqilg'i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi
    15. Issiqlik texnika o'lchov va nazorat asboblari / Issiqlik energetikasida innovatsion texnologiyalar
    16. Qozon qurilmalari
    17. Yuqori haroratli jarayonlar va qurilmalar
    18. Energiya ishlab chiqarish texnologiya va markazlari
    19. IESda suv tayyorlash texnologiyasi va kimyoviy nazorat
    20. Yoqilg'i va yoqish

Magistratura

  1. 1. Elektr texnik tizimlar va majmualarni modellashtirish
    2. Sanoat komplekslarining elektr texnik qurilmalari va ta'minot manbalari
    3. Avtomatlashtirilgan elektr mexanik va elektr texnologik tizimlarni loyihalash
    4. Elektr mexanik tizimlar va komplekslarni optimal boshqarish
    5. Sanoat mexanizmlarining avtomatlashtirilgan elektr yuritmalari
    6. Elektr mashinalari va transformatorlarni avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari
    7. Elektr mashinalari va transformatorlarning ishonchliligi
    8. Elektr mashinalari va transformatorlarni qayta hisoblash
    9. Elektr mashinalari va transformatorlardagi o‘tish jarayonlari
    10. Analitik elektromexanika
    11. Elektr mashinalarni boshqarish

Energoaudit kafedrasi va Qozog’iston respublikasining M. Avezov nomli universiteti bilan 7M07150 magistratura mutaxassiligi bo’yicha tayyorlanayotgan magistrlariga o’zaro almashinuv dasturi o’tamoqda.

O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi Buxoro bo'limi va Energoaudit kafedrasi hamkorligida ilmiy-amaliy konferensiya muntazam tashkil etilib kelinadi.

Kafedra professor-o’qituvchilari Energiya tejamkorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalardan foydalanish bo’yicha ilmiy ishlanmalar yarmarkasida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Innovatsion ishlanmalarni joriy etish bo’yicha tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar yarmarkasi.

Innovatsion ishlanmalarni joriy etish bo’yicha tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar yarmarkasida ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnomalar imzolanmoqda.

Energoaudit kafedrasi magistratura mutaxassiligi bitiruvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari atestatsiya jaroyinda.

Kafedra o’qituvchilari mehnat yarmarkalarida bitiruvchilarni ishga joylashtirishda ko’maklashib kelmoqda.

Kafedrada muqobil energiya manbalarini rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlari olib boriladi.

Energoaudit kafedrai tomonidan talabalar yotoqxonasida muntazam ravishda kafedra kunlari o’tkazilib kelinadi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan sanoat korxonalarida shartnoma asosida energetik tekshiruvlar olib boriladi.

Kafedrada yosh energoauditor to’garagi tashkil etilgan bo’lib, unda talabalar bo’sh vaqtlarida mazkur to’garakga ishtirok etib kelmoqdalar.

“Quyosh elektr stansiyalari va kollektorlarini loyihalash, o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish” nomli kasbiy qayta tayyorlash kursida ta’lim oldi va unga “Usta-energetik” kvalifikatsiyasi berildi.

ANJUMANLARDAGI TЕZIS VA MAQOLALAR 

  1. 1. Maxmudov Maxsud Idrisovich. Qo’ziyev Zafarbek Esanovich Nurov Siroj Sobirovich Analysis of the Process of Aerobic Stabilization of Sediment on the Example of Purification Facilities of the Republic of Uzbekistan Annals of R.S.C.B. Vol. 25, Issue 3, 2021, Pages. 7094 – 7105.Received 16 February 2021; Accepted 08 March 2021.
  2. 2. Maxmudov Maxsud Idrisovich. Mirzoyev Narzullo Nuriddinovich. Prospects of modern measuring systems, which can determine electricity quality indicators 3rd International Multidisciplinary Scientific Conference on Ingenious Global Thoughts.Vol. 25 No. 1 (2021): IMSCIGT-3-2021
  3. 3. Mirzoyev Narzullo Nuriddinovich. Shamol elektr stansiyalarida reaktiv quvvatni qoplash orqali energiya samaradorligiga erishishni matlab/simulink amali paketida modellashtirish EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCh Volume 1 Issue 02, May 2021.
  4. 4. Mirzoyev Narzullo Nuriddinovich. Методика разработки аналоговой модели математического моделирования автоматизации процессов энергоаудита в оао «бухарагазсаноаткурулиш» уп нефтегазтранхизмат» Интернаука№ 19(195)Б Май 2021 г.Часть 3
  5. 5. Maxmudov M.I., Koziev Z.E., Temirov L.A. Reducing the reactive power consumption of air sending devices. Eurasian journal of academic research, Volume 2 Issue 4, April 2022. ISSN 2181-2020. Pages: 190–195.
  6. 6. Maxmudov M.I., Koziev Z.E., Temirov L.A. Energy saving in compressor devices in wastewater treatment facilities. Eurasian journal of academic research, Volume 1 Issue 02, May 2021. Pages: 236–241.
  7. 7. Mamedov R.A., Sadullaev N.N., Safarov A.B. Razrabotka i nauchnoe obosnovanie effektivnoy raboti mikroges adaptirovannoy k potokam orositelnix kanalov nashego regiona. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti, 2021. №2, 62-68 s.
  8. 8. N.N. Mirzoyev. Information software and devices for energy efficiency management and control. Chemical Technology, Control and Management Volume 2021 Issue 5 Article 11. 2021, №5 (101) pp.68-75. https://doi.org/10.51346/tstu-02.21.5-77-0044

SCOPUS VA WEB OF SCIENCE BAZASIGA KIRGAN ILMIY ISHLAR

  1. 1. Sadullaev N.N., Mukhamedkhanov U.T., Nematov SH.N., Sayliev F.O. (2020) Increasing Energy Efficiency and Reliability of Electric Supply of Low Power Consumers. International Journal of Engineering Trends and Technology, 68(12), 43-47. doi:10.14445/22315381/IJETT-V68I12P208
  2. 2. Sadullaev N. and Nematov S., (2020) "Micro-grid Based Power Supply of Remote Consumers Located Away from the Centralized Power Grid," 2020 IEEE International Conference on Advent Trends in Multidisciplinary Research and Innovation (ICATMRI), pp. 1-6, doi: 10.1109/ICATMRI51801.2020.9398476.
  3. 3. Makhmudov Makhsud Idrisovich, Kuziyev Zafar Esanovich, Nurov Siroj Sobirovich, Sidikov Sanjar Siroj Ugli. (2021). Analysis of the Process of Aerobic Stabilization of Sediment on the Example of Purification Facilities of the Republic of Uzbekistan. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7094–7105.
  4. 4. N. N. Sadullayev, A. B. Safarov, Sh. N. Nematov, *, R. A. Mamedov, and A. B. Abdujabarov, Opportunities and Prospects for the Using Renewable Energy Sources in Bukhara Region, ISSN 0003-701X, Applied Solar Energy, 2020, Vol. 56, No. 4, pp. 291–300.
  5. 5. Sadullayev, N.N., Safarov, A.B., Nematov, S.N., Mamedov, R.A.Statistical Analysis of Wind Energy Potential in Uzbekistan’s Bukhara Region Using Weibull Distribution, (2019) Applied Solar Energy (English translation of Geliotekhnika), 55 (2), pp. 126-132. doi: 10.3103/S0003701X19020105
  6. 6. Nasullo Sadullaev, Shukhrat Nematov, and Mukhiba Gafurova, Increase the reliability of power supply by using mechanical energy storage devices for low-power consumers, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128801060, E3S Web of Conferences 288, 01060 (2021)
  7. 7. Nasullo Sadullaev, Shukhrat Nematov, and Farid Sayliev, Analysis of multipolar generators operating efficiently in lowspeed water and wind flows using ANSYS MAXWELL program, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128801057, E3S Web of Conferences 288, 01057 (2021)
  8. 8. Sadullayev, N.N, Safarov, A.B, Nematov, S.N., Mamedov, R.A. Research on facilities of power supply of small power capability consumers of bukhara region by using wind and solar energy (2019) International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 8 (9 Special Issue 2), pp. 229-236. doi: 10.35940/ijitee.I1047.0789S219
  9. 9. Sadullaev, N.N., Safarov, A.B., Mamedov, R.A., Kodirov, D. Assessment of wind and hydropower potential of Bukhara region (2020) IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 614 (1), art. no. 012036. doi: 10.1088/1755-1315/614/1/012036

DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR

1. Maxmudov. M.I, Qo‘ziyev. Z.E, Nurov. S.S "Ishlab chiqarish mexanizmlari va elektr mashinalarning energiya samaradorligini oshirish", o‘quv qo‘llanma, 2020

2. N.N.Sadullayev, A.H.Shoboyev, M.B.Bozorov. Sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirishning ayrim ilmiy muammolari va yechimlari, o‘quv qo‘llanma, 2016

3. Sadullayev N.N. Transformator va elektr mashinalarni loyihalash. T:Fan va texnologiya 2017

4. Sadullayev N.N. Energiya tejamkor elektr texnik, mexanik va elektr texnologik qurilmalar auditi.T:Fan va texnologiya 2018

5. M.I. Maxmudov, Z.E.Qo'ziyev. Elektrotexnika va elektronika. o'quv qo'llanma. Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2020.

Institut kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyati:

   “Energoaudit” kafedrasida ilmiy tadqiqot ishlariga 2 nafar fan doktori, 3 nafar PhD, 6 nafar katta o’qituvchi hamda 1 nafar ilmiy xodim-izlanuvchi hamda mustaqil tadqiqotchilar va magistrlar jalb qilingan.


Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari:

   Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasidagi 2021-2023 yillarga mo’ljallangan ILM-20215001-«Kichik quvvatli istemolchilar uchun O’zbekiston iqlimiy sharoitlarida samarador ishlovchi shamol energetik qurilmasini yaratish» innovatsion loyihasi asosida ilmiy tadqiqot ishiga 500 mln. so’mlik davlat granti olindi. Bunda t.f.d. N.N.Sadullaev, t.f.d. M.I.Maxmudov ass. Sh.N. Nematovlar loyixa asosida ilmiy ish olib bormoqdalar.


Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo’jalik shartnomalari:

   2021-2022 o’quv yilida 9 ta korxona bilan 92 mln so’mlik Energetik tekshiruvlar o’tkazish orqali energiya samaradorlikni oshirish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish bo’yicha quyidagi korxonalar bilan xo’jalik shartnomalari tuzildi va bajarildi


Chet el grantlari bo’yicha bajarilgan ishlar:

   Kafedrada professor o’qituvchilari AIF 2/20 – “Shaxsga yo’naltirilgan innovasion texnologiyalar asosida texnik yo’nalishlar bo’yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o’qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” mavzusida akademik innovasion grantga a’zo hisoblanadi. AIF 2/20 – “Shaxsga yo’naltirilgan innovasion texnologiyalar asosida texnik yo’nalishlar bo’yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o’qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” mavzusida akademik innovasion xalqaro granti hisobidan “Dala ultratovushli sarf o’lchagich – Portaflow 330” hamda “Gazoanalizator Testo 330-1LL” energoaudit jihozlari olingan, yana 2022 yilning 1-kvartalida “Elektr energiya sifati analizatori Fluke 435 II” o’lchash asboblari olingan. Keltirilgan qurilmalar bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqildi.


Fanni ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi (olingan natijalarni ishlab chiqarishga joriy etish):

   Hozirgi kunda kafedraning ishlab chiqarish korxonasida filiallari mavjud bo’lib, ularda yuqori malakali kafedra professor-o’qituvchilari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu filiallarda o’quv jarayoniga yuqori kurs talabalari ham jalb qilingan. “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonasi homiyligida kafedra laboratoriyalarining jihozlari zamonaviylashtirildi. Jumladan: 10 ta tajriba ishi yangidan qo’yildi, 6 ta tajriba ishi qayta tiklandi. Hozirgi vaqtda elektroenergetikaning dolzarb muammolaridan biri elektr energiyasini tejash hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4422- sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to’g’risida” qarori, 2017 yil 8 noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3379- sonli qarori va 2017 yil 13 noyabr “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3384-sonli qarorlari asosida «Energoaudit» kafedrasida “Energiya samaradorligini nazorat va boshqarishning avtomatlashtirilgan dasturiy-axborot ta’minoti va qurilmalarini yaratish” ilmiy-tadqiqot mavzusi qabul qilingan va institut ilmiy kengashida tasdiqlangan. Ushbu mavzuda har yili 2-3 ta ilmiy maqola Respublika ilmiy jurnallarida chop qilinmoqda. Qarorlar asosida xo’jalik shartnomalari, BMI va magistrlik, PhD dissertatsiya ishlari bajarilib kelinmoqda. Kafedrada «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» AJ korxonasi bilan hamkorlikda taqsimlovchi korxonalarda elektr energiyasini tejash bo’yicha dasturlar ishlab chiqilgan. Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiya ishlari korxonalarda bajarilib, ulardagi muammolar yechib berildi.


Kafedrada doktorantlar quyidagi mavzular bo’yicha ilmiy ish olib bormoqdalar.

  1. 1. Mirxanov O‘.Q. “ Boshqariluvchi elektr yuritmalar asosida sinxron motorlarni energiya tejamkor ish rejimlari tadqiqoti” mavzusida;
  2. 2. Nurov S.S. “ Прибор для контроля уровня и концентрации активного ила сточной воды для оптимизации технологических процессов в системах аэротенк-отстойника” mavzusida;
  3. 3. Sidikov S.S. “Oqava suvlarni tozalash tizimlarida suyuq muhit xiraligini nazorat qiluvchi optoelektron asboblar va usullar” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

60710400 - Energetika muhandisligi (1-kurs); 60710500 - Elektr muhandisligi (1-kurs); 60710700 - Elektronika va asbobsozlik (1-kurs) ta’lim yo‘nalishlari TOP 300 talikka kiradigan Италаянинг Турин политехника университети ҳамда Germaniyaning Technische universitat Dresden universitetining Electrical Power Engineering va Renewable Energy Systems yo‘nalishlarining me’yoriy hujjatlari asosida “Yo‘nalishga kirish” o‘quv dasturi o‘quv dasturi asosida takomillashtirilmoqda. Kafedrada 60710400 - Energetika muhandisligi va 60710500 - Elektr muhandisligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 2025 yilda Germaniyaning xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish tashkiloti tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga “Issiqlik texnikasi. Termodinimaka” o‘quv laboratoriyasi 2025 yilda Eron islom Respublikasi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish tashkiloti tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilarining xorij OTMlarida malaka oshirishi tizimli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, oxirgi uch yilda 8 nafar professsor-o‘qituvchilar xorijning nufuzli OTMlarida malaka oshirish kursi va ilmiy stajirovka o‘tib kelgan. 2022 yilda bir nafar professor o‘qituvchisi Jalilov Rashid Boboqulovich 17.10.2022 yilan 17.11.2022 yilgacha Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal Universitetida bir oylik stajirovkadan o‘tgan (18.11.2022-yilda № 5 sonli kafedra yig‘ilishi bayonnomasi). 2023 yil uch nafar professor o‘qituvchilar Bozorov Maxsum Baxshilloyevich, Mirxanov Utkir Kaxramonovich va G‘ofurov Mirzohid Oripovichlar Xitoy xalq Respublikasining "New Energy Vehic le Tech nology". at Hebei Vocational University of Technology and Engineering universititida stajirovkadan o‘tgan (06.12.2023-yilda №6 sonli kafedra yig‘ilishi bayonnomasi). 2024 yil 20 maydan 27 maygacha professor o‘qituvchilar Xafizov Islom Ikramovich va Babanazarova Nargisa Kamilovna Belorussiya milliy texnika universitetida (BNGU) o‘quv mashg‘uloti o‘tib malaka oshirgan (04.06.2024-yilda №18 sonli kafedra yig‘ilishi bayonnomasi). Maxmudov Maxsud Idrisovich Rossiya Federatsiyasining Kozon Federal Universitetida 11.04.2024 yildan 14.04.2024 yilgacha dars o‘tib malaka oshirib qaytgan (16.04.2024-yilda №13 sonli kafedra yig‘ilishi bayonnomasi). 2022 yil 24-26 oktyabr kunlari o‘zaro imzolangan memorandumga asosan M. Auzov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti, "Energetika va noananaviy energetik tizimlar" kafedrasining professor o‘qituvchilari Turimbetova Gulzuxra Djurabekovna, PhD, dotsent, kafedra mudiri, Saxmetova Gulmira Edilovna, PhD, dotsent, Kulmaxanova Ilfa Kujakovna, kat. o‘qituvchilari institutda 606-21 YeA, 607-21 YeA, 608-21 YeA guruhlarida "Energiyatejamkorlik asoslari", "Elektrotexnika va elektronika" hamda "Elektr tarmoq lari va tizimlari" fanlaridan 18 soatdan dars mashg‘ulotlarini o‘tishgan. Belorussiya Milliy Texnika universiteti dotsenti Velchenko Anna Aleksandrovna "Elektr mexanikasi va texnologiyalari" kafedrasida 2022 - yilida 5310700-Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi talabalariga soatbay dars mashg‘ulotlari o‘tgan.