Ilmiy loyihalar

Bosh sahifa Ilmiy loyihalar

Ilmiy loyihalar


“Ilmiy loyihalar”  

     Universitet olimlari tomonidan jami 520.22 mln so‘mlik 3 ta davlat grantlari asosida (1 ta amaliy, 1 ta innovatsion va 1 ta yosh olimlarning amaliy granti) loyihalari, 3 ta xalqaro grant asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Ushbu loyihalarda jami 175 nafar professor-o‘qituvchilar, 66 nafar doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar, 72 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishgan. Bundan tashqari sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan mablag‘lar 617 mln. so‘mni tashkil etgan.
    Buxoro davlat texnika universitetida asosiy shtatda 452 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning 28 nafari fan doktorlari, professorlar, 190 nafari fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar bo‘lib hisoblanishadi. Ilmiy salohiyat 48 % ni tashkil etgan.
    Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash sohasida 13 ta ixtisoslik bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura instituti mavjud bo‘lib, unda 6 nafar doktorant (DSc) va 120 nafar tayanch doktorantlar (PhD) va 15 nafar stajyor-tadqiqotchilar ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishmoqda.