Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi

Bosh sahifa Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi

Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi



Bo‘lim boshlig‘i: Malikov Yuldash Qodirovich

  • Qabul vaqti: Chorshanba (10:00 dan 12:00 gacha)
  • Telefon: +998 99 705 21 02
  • Email: Malikov.yuldash@gmail.com
• Universitetdagi baxtsiz hodisalar kasbiy kasallanishning ahvoli va sabablarini tahlil qilish, universitetning tegishli xizmati bilan birgalikda baxtsiz hodisalar va kasbiy kasallanishlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, shuningdek, belgilangan tadbirlarni joriy etish;
• Mehnat xavfsizligi standartlari, mehnat muhofazasiga oid ilmiy ishlanmalarni joriy qilish ishida ishtirok etish;
• Muhandis-texniklar va xizmatchilar bilimini, mehnat muhofazasi bo‘yicha qoida, meʼyor va yo‘riqnomalarni tekshiruvchi shahodatlov komissiyasi ishida qatnashishini tashkil etish;
• Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishda uslubiy yordam ko‘rsatish, shuningdek ishlovchilarni xavfsiz ishlashga o‘qitish uchun dasturlarini tuzishda ishtirok etish;
• O‘quv jarayonidagi va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda qatnashish;
• Yakunlovchi komissiya, universitet balans komissiyasi faoliyatida ishtirok etish;
• Mehnat muhofazasiga oid masalalar bo‘yicha buyruqlar loyihasini tayyorlash;
• Mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha universitet talabalari va xodimlari uchun maslahatlar kengashlarini o‘tkazish;
• Mehnat muhofazasi bo‘yicha talabalar va xodimlardan tushgan xat, ariza, shikoyatlarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
• Ishning belgilangan ro‘yxatiga muvofiq hujjatlar yuritish;
• Belgilangan shaklda va belgilangan tartibda mehnat muhofazasi bo‘yicha hisobot tuzish.