Bosh sahifaNeft va gazni qayta ishlash texnologiyasi
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi
Kafedra mudiri
Ochilov Abduraxim Abdurasulovich
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
Telefon: +998 91 411 00 16
Email: ochilov82@gmail.ru
Buxoro OO va YeSTI negizida 2001-2002 o’quv yilidan boshlab «Neft va gazni qayta ishlash tenologiyasi» kafedrasi tashkil qilindi. Kafedrani ushbu hududda tashkil qilishdan maqsad Buхoro neftni qayta ishlash zavodi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Gazlineftgazqazibchiqarish boshqarmasi va boshqa korхonalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash edi.
Dastlab kimyo fanlari nomzodi O’.M.Mardonov kafedraga mudirlik qilgan. 2002-yildan 2009-yilgacha kafedrani teхnika fanlari nomzodi Q.K.Jumaev boshqardi. 2009-yildan 2011-yilgacha kimyo fanlari nomzodi J.A.Qalandarov kafedraga mudirlik qildi.
2013 yil 15 apreldagi PQ-1954 «Buхoro muhandislik-teхnologiya institutini tashkil etish to’g’risidagi» qaroriga muvofiq «Neft va gazni qayta ishlash teхnologiyasi» va «Neft-gaz ishi» kafedralarining birlashishidan «Neft-gazkimyo sanoati teхnologiyasi» kafedrasi tashkil etildi. Kafedrani shu kundan boshlab, 2014- yil 2-yanvargacha teхnika fanlari nomzodi B.Z.Adizov boshqardi. 2014-yil 2- yanvardan shu yilning 20 iyuligacha kimyo fanlari nomzodi Q.Q.Sharipov kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishladi. 2014-yil 20-iyuldan 2019-yil 10- iyulga qadar professor G’.R.Bozorov kafedrani boshqarib keldi.
2019-yil 10-iyulda O’zbekistоn Respublikasi Оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan Buхоrо muhandislik-teхnоlоgiya institutining yangi tuzilmasiga binоan «Neft-gazkimyo sanоati teхnоlоgiyasi» kafedrasi negizida uchta («Neftni qayta ishlash teхnоlоgiyasi», «Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi» va «Neft-gaz ishi») kafedralari tashkil etildi.
2020-yildan 2022 yil 28-yanvargacha pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.A.Alimov hamda 2023-yildan 2025 yillarda teхnika fanlari nоmzоdi, dоtsent Sh.N.Ataullayevlar kafedrani bоshqarib kelishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2025-yil 24 yanvardagi PQ-22-son qarori asosida 2025 yil 10 apreldan kafedrani t.f.d., k.i.x. R.R.Hayitov kafedra mudiri vazifasida ishlab keldi.
2025 yil 13 sentyabrdan hozirgi kungacha kafedrani t.f.d., dots. A.A.Ochilov boshqarib kelmoqda.
BAKALAVRIAT
60721100-Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
60720500 – Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi
MAGISTRATURA
70720600 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
DOKTORANTURA
02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi
Bakalavriat:
1. Ixtisoslikka kirish
2. Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1,2
3. Neft-gazni qayta ishlash jixozlari va uskunalari 1,2
4. Neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalarini loyihalash
5. Umumiy kimyoviy texnologiya
6. Gaz va gaz kondensatdan monomerlar sintezi va texnologiyasi
7. Yoqilg‘i va moylar kimyosi va texnologiyasi
8. Neft-gazni qayta ishlash chiqindilarini utilizasiyalash
9. Neft va gaz mahsulotlarining sifatini nazorat qilish
10. Neft va gaz mahsulotlarini tadqiq qilishning zamonaviy usullari
11. Tabiiy gaz va gazokondensatlar fizikasi va kimyosi 1,2
12. Uglevodorodli gazlarni qayta ishlash texnologiyasi 1,2
13. Tabiiy gaz va gaz kondensatini qayta ishlash texnologiyasi
14. Polimerlarni qayta ishlash kimyosi va texnologiyasi
15. Gazlar va gaz kondensati asosida monomerlar sintezi va texnologiyasi
16. Metallarni korroziyadan himoya qilish
17. Neft-gazni qayta ishlash jarayonlari
18. O‘zbekistonda GTL texnologiyasi asosida gazdan suyuq uglevodorodlar olish 20. Neft-gaz kimyosi va fizikasi
19. Neft va gazni qayta ishlash zavodlari jihoz va uskunalari
20. Neft va gaz mahsulotlarining sifatini nazorat qilish
21. Sintetik va bioyoqilg‘ilar olish kimyosi va texnologiyasi
22. Neft va gazni qayta ishlash zavodlari jihoz va uskunalari
23. Neftni chuqur qayta ishlash texnologiyasi
24. Uglevodorodli xomashyo pirolizi
25. Uglevodorodli gazlar fizikasi va kimyosi
26. Neft bazalar va avtoyoqilg‘i quyish shaxobchalarini ishlatish
27. Neft va gaz qayta ishlash sanoatida energiya tejamkor texnologiyalar
28. Neft va gaz qayta ishlash sanoati jarayonlari treningi
29. Neft-gazkimyo sanoatida qo‘llaniladigan qo‘ndirmalar
30. Neft-gazkimyo sanoatida qo‘shimcha resurslar
31. Neft va gazni qayta ishlashning noorganik sorbentlari
32. Gazkimyo sanoati kataliziv
33. Sintez gaz ishlab chiqarish texnologiyasi
34. Gaz ta’minoti tizimlariv
35. Gazni taqsimlash va maromlash punktlarini ishlatishv
36. Gazkimyo sanoati jarayonlari treningiv
Magistratura
1.Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
2.Neft va gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 1,2
3.Neft va gazni qayta ishlash apparatlarini korroziyadan saqlash
4.Neft va gazni qayta ishlash korxonalarini takomillashtirish va loyihalash
5.Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi
6.Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
7.Ilmiy-pedagogik ish
8.Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
9.Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
10.Eksprimentni rejalashtirish
11.Neft va gazni qayta ishlash mahsulotlari ximmotologiyasi
12.Yoqilg’ilar va moylar uchun prisadkalar olish kimyosi va texnologiyasi
13.Alternativ va sintetik mator yoqilgilarini ishlab chiqarish kimyosi
14.Tabiiy gaz asosidagi sintezlar kimyosi va texnologiyasi
Kafedra mudiri, Ochilov Abduraxim Abdurasulovich
DSc,professor Maxmudov Muxtor Jamolovich
DSc, professor. Hayitov Ruslan Rustamjonovich
DSc,professor Bozorov G‘ayrat Rashidovich
PhD, dotsent Xo‘jaqulov Aziz Fayzullaevich
t.f.n., dotsent Murodov Malik Negmurodovich
t.f.n., dotsent Safarov Baxri Djumaevich
PhD, dotsent Tsukanov Maksim Nikolayevich
ANJUMANLARDAGI TEZIS VA MAQOLALAR (XALQARO VA RESPUBLIKA)
Ж.А. Сафаров, Р.Р. Ҳайитов. Ишлатилган мойларни куч майдонларида фильтрловчи механизмлар таъсирида тозалаш. “Кимёвий технологиялар ва нанотехнологиялар...” В-Халқаро конференция-симпозиум, 25 ноябрь 2021 й., 165–167 б.
Ж.А. Сафаров, Р.Р. Ҳайитов. Ишлатилган мотор мойларининг таркибини аниқлаш. В-Халқаро конференция-симпозиум, 25 ноябрь 2021 й., 255–258 б.
Ж.А. Сафаров, Р.Р. Ҳайитов. Ишлатилган мотор мойларини тозалаш усулини танлаш. В-Халқаро конференция-симпозиум, 25 ноябрь 2021 й., 258–261 б.
Ж.А. Сафаров, К.Ш. Ҳотамов. Юқори сифатли дизель ёқилғиларини ишлаб чиқариш жараёнларининг замонавий ҳолати. Тошкент, 2021.
О.Б. Ахмедова, З.Н. Акрамова. Газни тайёрлаш жараёнида паст ҳароратли сепараторни тадқиқ қилиш. Бухоро, 20–22 октябрь 2021 й., 326–327 б.
О.Б. Ахмедова, Ш. Ахмедова. Газларни нордон компонентлардан тозалаш учун самарали абсорбент композициясини ишлаб чиқиш. Бухоро, 20–22 октябрь 2021 й., 328–329 б.
B.B. Toirov, A.A. Alimov. Ko‘mir xomashyosidan sintetik neft xomashyosini ishlab chiqarish dolzarbligi. Toshkent, 2022, 135–137 b.
N.I. Baxramov, O.B. Axmedova, R.R. Hayitov. Alkanolaminlarni tozalash uchun granullangan faol ko‘mir tarkibini tadqiq qilish. Toshkent, 25 noyabr 2021 y., 192–194 b.
O.B. Axmedova, Z.Z. Rahimov. Gazlarni tozalashda qo‘llaniladigan metildietanolamin olish texnologiyasi. Toshkent, 25 noyabr 2021 y., 167–170 b.
SCOPUS VA WEB OF SCIENCE BAZASIGA KIRGAN ILMIY ISHLAR
Kayum Jumaev, Baxodir Tursunov. Technology for Obtaining Fuel Briquettes from Oil Waste. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, Krasnoyarsk, Russia, 16–18 June 2022.
DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR
M.J. Maxmudov va boshqalar. Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari. 2024 yil.
E.R. Panoyev va boshqalar. Neft-gazkimyo sanoatining katalitik jarayonlari va katalizatorlari. 2025 yil.
B.J. Tursunov va boshqalar. Neft-gaz kimyosi va fizikasi. 2025 yil.
M.Q. To‘raqulova va boshqalar. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. 2025 yil.
S.F. Fozilov va boshqalar. Neft va gaz mahsulotlarini fizik-kimyoviy tahlil usullari. 2025 yil.
MONOGRAFIYALAR
“Aholi va fermer xo‘jaliklariga mo‘ljallangan kichik biogaz qurilmalari”. Buxoro, 2021.
“Aktivlangan ko‘mir organik xomashyodan gazni qayta ishlash zavodlari uchun”. Buxoro, 2021.
“Yoqilg‘i va moylar uchun polimetakrilat asosida prisadkalar olish texnologiyasi”. Buxoro, 2020.
“Burg‘ilash loylari asosida samarali eritmalar olish”. Buxoro, 2020.
“Avtomobil benzinlari va ularning barqarorligini oshirish yo‘llari”. Toshkent, 2020.
“Ilmiy-tadqiqot”, “Neft va gaz ishi” va “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” laboratoriya xonalarini zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va qurilmalari bilan ta’minlash maqsadida "O‘zbekneftgaz" AJ va BDTU hamkorligida umumiy qiymati 3,5884 mlrd. so‘mni tashkil qilgan loyihalarni amalga oshirishga kelishilgan.
BDTU va “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ o‘rtasida umumiy qiymati 900 mln. so‘mni tashkil qilgan va muddati 2024-yilning oxirigacha bo‘lgan shartnoma tuzilgan va hozirgi kunga qadar 900 mln. so‘m pul mablag‘i korxona tomonidan to‘lab berilgan. BDTU va “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ o‘rtasida umumiy qiymati 950 mln. so‘mni tashkil qilgan va muddati 2025-yilning oxirigacha bo‘lgan shartnoma tuzilgan.
“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ tomonidan o‘zlarida bugungi kunda ishlatilmayotgan 5 ta jihoz taqdim etilgan.
Kafedraga tegishli IMMning 3 ta laboratoriya xonalariga zamonaviy laboratoriya jixozlari va asbob-uskunalarini sotib olish maqsadida laboratoriya jixozlari ro‘yxati shakllantirildi hamda ushbu jixozlar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasiga tegishli firmalar, Germaniya-O‘zbekiston «Precision Technology» Q.K. MChJ va Eronning Sharif texnologiya universiteti takliflari o‘rganildi. Eronning Sharif texnologiya universiteti bilan umumiy qiymati 186 ming. AQSh dollarini tashkil qiluvchi 19 nomdagi laboratoriya jixozlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
BDTU va “O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida 2024-2026 yillarda bajarilishi mo‘ljallangan jami 5 ta 5,4 mlrd. so‘mlik ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirish rejalashtirilgan. Muboak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga 1 ta 2 mlrd. so‘mlik, Gazli neftgaz qazib chiqarish boshqarmasiga 3 ta 2 mlrd. 55 mln. so‘mlik hamda “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ bilan 850 mln. so‘mlik shartnomalar loyihalari taqdim qilingan. Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari
Buxoro davlat texnika universitetida 02.00.08-Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi va 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi ixtisosliklarida ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli ilmiy kengash samarali faoliyat yuritayapti.
Kafedrafa 2025 yildagi dissertatsiyalar (PhD/DSc) himoya ko‘rsatkichlari
2025-yil 26-aprelda “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Toshboyev Sardor O‘ktam o‘g‘lining “Neft gaz chiqindilari asosida ko‘pik so‘ndirgichning olinishi va texnologiyasi” mavzusidagi 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tavsiya etilgan dissertatsiya ishini muvofaqiyatli qilib, 2025 yil 13 iyunda PhD diplomini oldi (Diplom raqami: 01№017877).
2025-yil 20-avgustda “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi Hojiyeva Ruxsora Baxtiyorovnaning “Rezina va plastmassa chiqindilaridan yoqilg‘i distillyatlarini olish jarayonining ilmiy-texnologik asosini ishlab chiqish” mavzusidagi 02.00.08 – “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” (texnika fanlari) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tavsiya etilgan dissertatsiya ishini muvofaqiyatli qilib, 2025 yil 31 oktyabrda PhD diplomini oldi (Diplom raqami: 01№020097).
2025-yil 25-dekabrda “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi doktoranti Axmedova Shaxnoza Utkirovnaning “Gazlarni nordon komponentlardan tozalashda samarali absorbent kompozitsiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi 02.00.08-“Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 25-dekabrda Xamidov Dilshodjon G‘aniyevichning “Mahalliy chiqindilardan plastik surkov materiallari uchun asos moyini olish texnologiyasi” mavzusidagi 02.00.08-“Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 26-dekabrda Hotamov Qobul Shirinboy o‘g‘lining “Navbahor bentoniti yordamida ishlatilgan gidravlik moyni regeneratsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi 02.00.08 – “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 26-dekabrda To‘xtayev Nozim Nazir o'g'lining “Efirlar asosida antidetonatsion kompozitsiyalar olish va ularni avtomobil benzinlari bilan kompaundlash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi 02.00.08-“Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasining xalqaro aloqalari va hamkorliklari
O‘zbekneftgaz” AJ va Ozarbayjon Respublikasining davlat neft kompaniyasi (SOCAR) o‘rtasida kadrlarni tayyorlash sohasida imzolangan Memorandum ijrosini ta’minlash maksadida Buxoro Davlat texnika universiteti va Boku oliy neft maktabi o‘rtasida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolangan.
2024/2025 o‘quv yilida kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha 10 nafar tinglovchi o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, 7 nafari o‘qishni davom etdilar, 3 nafari oilaviy sharoiti sababli o‘qishga qatnasha olmaganligi sababli o‘qishdan chetlashtirildi. 2025 yilning 7 apreldan 30 maygacha Universitetning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan ingliz tilida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Joriy yilning 12-14 iyun kunlari Boku oliy neft maktabi mas’ul xodimlari Universitetga tashrif buyurib, qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan magistrlar uchun master klass darslari o‘tkazildi va imtixonga tayyorgarlik buyicha ko‘rsatmalar berildi. 19-20 iyun kunlari Boku oliy neft maktabi ta’lim sifati bo‘limi boshlig‘i Aysel Rizaeva va strategik rivojlantirish buyicha prorektor Guldana Xidoyatli Universitetga kelib 1 semestrdagi o‘quv rejasida belgilangan fanlaridan imtixon olishdi. Imtihon natijalari bo‘yicha 7 nafar magistrlarning barchasi Boku oliy neft maktabida o‘qishga tavsiya etildi.
O‘quv jarayonlari 2025 yilning 15 sentabridan boshlab Ozarbayjonda tashkil etiladi va magistrlarning Bokuga ketishi 2025 yil 8 sentabrda rejalashtirilgan.
Erasmus+ dasturining “101082221-UzMedEn – O‘zbekistonda tibbyot muhandisligi sohasida yangi magistratura va o‘quv kurslari dasturlari” loyihasiga asosan, Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi o’qituvchisi G’.Zaripov Litvaning TOP 1000 talik universitetlari qatoriga kiritilgan nufuzli Vilnius Gediminas Technical University (VGTU)da 2024 yilning 27-sentabridan 15-oktabriga qadar stajirovkani muvaffaqiyatli o’tkazdi.Kafedra pedagog-xodimlarini xorijiy nufuzli o‘quv yurtlarida malakasini oshirish, stajirovka o‘tash, aspirantura va doktorantura tashkil etish maqsadida S.Utebayev nomidagi Atyrau neft va gaz universiteti, Ufa Davlat neft texnika universiteti hamda M. Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti bilan o’zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
2025-yilning may oyida Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida bo‘lib o‘tayotgan 33-Xalqaro “Neft, gaz, texnologiyalar” ko‘rgazmasi hamda Neft-gaz-kimyo sanoati forumida Buxoro davlat texnika universiteti vakillari Hayitov Ruslan Rustamjonovich, Bozorov G’ayrat Rashidovichlar ham ishtirok etdi va malaka oshirildi.
Xitoy oliy ta'limi bo‘yicha o‘qitish metodikalarini o‘rganish, ko‘nikmalarga ega bo‘lish maqsadida 2024 yil 22-oktyabridan 4- noyabriga qadar katta ilmiy xodim Ruslan Hayitov, t.f.d. dots. G’ayrat Bozorov, tayanch doktorant Maksim Tsukanovlar Xitoyning Xebey texnologiya va muhandislik kasb-hunar universitetida “Yangi energiya asosidagi transport vositalari” mavzusidagi dastur bo‘yicha malaka oshirish kursida ishtirok etdi.
Kafedra yetakchi professor-o’qituvchilaridan S.F.Fozilov, S.A.G’aybullayev, B.Z.Sharipov va M.Z.Komilovlar (asos: M.Auezov nomidagi Janubiy –Qozog‘iston universitetining 28.11.2024 yildagi №1753/11 - sonli xati) hisobot yilida institutimiz hamda M.Auezov nomidagi Janubiy –Qozog‘iston universiteti o’rtasida imzolangan o`zaro hamkorlik to`g`risidagi memorandumga ko’ra M.Auezov nomidagi Janubiy –Qozog‘iston universitetining “Noorganik va neftkimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasida akademik mobillik dasturiga muvofiq ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi.
Erasmus+ dasturining “101082221-UzMedEn – O‘zbekistonda tibbyot muhandisligi sohasida yangi magistratura va o‘quv kurslari dasturlari” loyihasiga asosan, Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi o’qituvchisi G’.Zaripov Litvaning TOP 1000 talik universitetlari qatoriga kiritilgan nufuzli Vilnius Gediminas Technical University (VGTU)da 2024 yilning 27-sentabridan 15-oktabriga qadar stajirovkani muvaffaqiyatli o’tkazdi.
S.F.Fozilov, S.A.G’aybullayev, B.Z.Sharipov va M.Z.Komilovlar neft va gazni qayta ishlash sohasiga talabalar qamrovini ko’paytirish, ularning raqobatbardoshligi oshrish va ularning ishga joyilashishi monitoringni yaxshilash maqsadida “Texnik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish: zamonaviy muhandis kadrlar tayyorlashning yangi tendentsiyalari” mavzusida xalqaro miqyosda tashkil etilgan foresight sessiyada faol ishtirok etishdi.