Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Bosh sahifa Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi



Bo‘lim boshlig‘i: Raxmatov Shuxrat Axatovich

  • Qabul vaqti: Dushanba-Payshanba (14:00 - 16:00 gacha)
  • Telefon: +998 91 242 31 16
  • Email: raxmatov79@mail.ru
Ilmiy–tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi 1982-yilda tashkil etilgan bo‘lib bo‘lim boshlig‘i tomonidan boshqariladi va u universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori faoliyati doirasida ish olib boradi. Hozirgi kungacha bo‘limni quyidagi professor–o‘qituvchilar boshqarib kelganlar:
1. Pak А.
2. Kurbanov T. 1982-1984 y.y.
3. Rashidov M.M. 1984-1995 y.y.
4. Djuraev X.F. 1994-1996 y.y.
5. Xodjiev Sh. 1996 y.
6. Sharopov O.U. 1997-1998 y.y.
7. Bibutov N.S. 1998-2005 y.y.
8. Kuliev N.S. 2005-2008 y.y.
9. Isabaev I.B. 2009 y.
10. Аzimov U.N. 2009-2011 y.y.
11. Sadullaev N.N. 2011-2012 y.y.
12. Bazarov G.R. 2012-2014 y.y.
13. Аdizov R.T. 2014-2018 y.y.
14. Аzimov B.F. 2018-2022 y.y.
15.Joʼraeva M.M. 2022-2025 y.y.
16.Raxmatov Sh.A. 2025 yildan hozirga qadar
2025-yildan boshlab bo‘limga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent doktori Raxmatov Sh.A rahbarlik qilib kelmoqda.
Universitet ilmiy–tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:
-universitetda ilmiy–tadqiqot faoliyatini tashkil etish va o‘zaro muvofiqlashtirish;
– xalq xo‘jaligini rivojlantirishning ilmiy va ilmiy – texnikaviy muammolari yechimini aniqlashda universitetni ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
– yangi material, texnika va texnologiyalarni yaratishda ilmiy – tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
– ilmiy izlanishlar natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq etish bilan tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatini yaxshilash;
– ilmiy tadqiqot ishlarining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash;
– ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish asosida raqobatbardosh texnologiya va texnikani yaratish ishlarini mujassamlashtirish.
BDTUning ilmiy faoliyati – fundamental va amaliy izlanishlar natijalarining ishlab chiqarishga, o‘quv jarayoniga tadbiq etish, universitet material va eksperimental ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va tashqi bozorga olib chiqishga koʼmaklashish, informatika, marketing, patent-litsenzion, konsultatsiya, axborot xizmatlari, kichik o‘lchamli va kichik hajmli ilmiy-texnikaviy mahsulot ishlab chiqarishga ko‘maklashishga qaratilgan. ITI ning tematik rejasi kafedralarning ilmiy yo‘nalishiga mos ravishda belgilanadi, universitet ilmiy kengashida ko‘rib chiqiladi va rektor imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ilmiy tadqiqot ishlarining bajarilishi va ilmiy – texnikaviy yangilikni tadbiq etish muddatini qisqartirish, ilmiy izlanishlar samarasini oshirish uchun BDTUda vaqtinchalik ijodiy jamoa, muhandis va ilmiy – texnikaviy markaz, talabalar va iktidorli yoshlarni ilmiy va texnikaviy ijodiy markazi, kichik korxona tuzilishi mumkin.