Arxitektura

Bosh sahifa Arxitektura

Arxitektura


Kafedra mudiri

Mirzayev Shamsiddin Rajabovich

  • Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
  • Telefon: +998 91 014 02 59
  • Email: mirzaev.shamsiddin@mail.ru

Arxitektura

    O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov o`zining 2007 yilning 13-14 iyulda Buxoro viloyatidagi tashrifi jarayonida Buxoro shaxrida qurilayotgan bino va inshootlarni ko`rib, shaharning juda uzoq tarixga ega ekanligi, shunga mos ravishda uning o`ziga xos qiyofasi bo`lishligini ta`kidlab, madaniy me`ros ob`ektlarini chuqur o`rganish, bino va inshootlarni loyihalash va qurishda milliylik va hudud shart-sharoitini inobatga olish zarurligi haqida o`z fikr mulohazalarini bildirgan edi. 2008 yilning aprelida Buxoro viloyatidagi navbatdagi tashrifi chogida Respublika Prezidenti milliy arxitektura me`rosini tushunadigan, asraydigan, rivojlantiradigan va ularga monand zamonaviy bino va inshootlarni loyhalay oladigan kadrlarni Buxoro zaminining o`zida tayyorlashni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Respublika Prezidenti ko`rsatmalarini bajarish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2008 yil 2 maydagi 120-sonli "Buxoro oziq - ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti tarkibida "Arxitektura-qurilish" fakul'tetini tashkil etish to`grisida" gi buyrugi, keyinchalik 2008 yilning 12 avgustida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 242-sonli "Buxoro oziq - ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutining "Arxitektura-qurilish fakul'teti faoliyatini rivojlantirish to`grisida " gi buyrugi chiqarildi. Mazkur buyruqlarga asosan "Buxoro oziq - ovqat va engil sanoat texnologiyasi" instituti tarkibida "Arxitektura-qurilish" fakul'teti tashkil etildi va "Arxitektura" ta`lim yo`nalishi ochildi. 2008-2009 o`quv yilidan boshlab "Arxitektura" ta`lim yo`nalishiga talabalikka qabul amalga oshirildi. Institut ilmiy kengashining 2009 yil 29 avgustdagi 1- sonli kengaytirilgan majlisi qaroriga asosan "Arxitektura-qurilish" fakul'teti tarkibida "Arxitektura" kafedrasi tashkil qilinsin va kafedraga "Arxitektura" ta`lim yo`nalishi biriktirilsi Bugungi kunda kafedrada 20 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda, shundan 1 nafar fan doktori, professor, 4 nafar fan nomzodi, docentlar va 5 nafar katta o’qituvchilar va 3 nafarini assistentlar tashkil qiladi. Kafedraga 2 ta ta’lim yo’nalishi va 34 ta fan biriktirilgan


Kafedra mudiri: t.f.n
Mirzayev Shamsiddin Rajabovich


Texnika fanlari doktori
Vaxitov Mubin Muminovich


Texnika fanlari nomzodi
Ro’ziyev Hoshim Ro’ziyevich


Texnika fanlari nomzodi.
Nigmatullayev Bohodir Nurullayevich


Kafedra katta o’qituvchisi
Rabiyev Gayrat Botirovich


Kafedra katta o’qituvchisi
Xudayberdiyev Mehriddin Mardanovich


katta o‘qituvchi
Sulaymonova Maqsuda Nodirovna


Arxitektura fanlari bo’yicha falsafa doktori
Jo’rayev Murodjon Ulug’bekovich


katta o’qituvchi
Shokirov Yunus Mamatovich


Kafedra assistenti
Muxammadov Said Karimovich

Kafedra assistenti
Usmonov Erkin Toyirovich


stajyor: Tosh
Toshev Jo’rabek Toyirovich.


Kafedra o’qituvchi-stajyor
Boboyeva Madina Shamsiddinovna


Kafedra o’qituvchi-stajyor
Raxmonov G’ayrat Fazliddinovich

Kafedra o’qituvchi-stajyor
Fozidova Mavjuda Jamilovna


Kafedra o’qituvchi-stajyor
Bobomurotov Hamza Halimovich


Kafedra o’qituvchi-stajyor
Xaitov Sunnat Istamovich


Kafedra Kabinet mudiriasi
Baqoyeva Shaxnoza Shuhratovna

Kafedra Kabinet mudiri
Ergashova Gulsanam Ergashovna

BAKALAVRIAT

1. 60730100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha)
2. 60730800 - Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi
3. 60730500- Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi


MAGISTRATURA

1. 5A340101- Bino va inshootlar arxitekturasi.
2. 70730103 - Arxitektura tarixi va nazariyasi


Doktarantura ta’lim yo’nalishi

18.00.01- “Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” ixtisosligi ixtisosligi bo’yicha kafedrada faoliyat olib borayotgan 5 nafar professor –o’qituvchilar himoya qilishgan hamda yana 4 nafar professor –o’qituvchilar rejalashtirilgan

18.00.02-“Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi”

  1. 1. Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihalash asoslari
    2. Arxitekturaviy qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik
    3. Arxitekturaviy loyihalash
    4. Turar-joy va jamot binolarini loyihalash
    5. Shaharsozlik va landshaft loyihalash
    6. Bino va inshootlar tipologiyasi
    7. Transport va muhandislik jihozlash
    8. Inter’er va jihozlash
    9. Maketshunoslik
    10. Digital loyihalash (Auto CAD, Sketch UP,Revit)
    11. Binolarni muhandislik jihozlash
    12. Arxitektura yodgorliklarini ta`mirlash va qayta tiklash
    13. Energotejamkor va energiyaeffektiv binolarni loyihalash asoslari
    14. Tumanni rejalashtirish va loyihalash
    15. O‘zbekistonning arxitektura me’rosi

Ilmiy tadqidot ishlaridan foto lavhalar

DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR

1.Mirzayev Shamsiddin Rajabovich. CENTRAL ASIAN JOURNAL. Innovative Technical Solutions in the Design of Modulle Residential Buildings. VOLUME: 3(2022)2-4. 2. Ro’ziyev Hoshim. International Journal on Integrated Education (IJIE).Evolution of Mass Public Buildings and Complexes Problems of Modern Spatial Organization in Bukhara. Volume 5 | No 2 (Feb 2022) 63-73. 3. Ro’ziyev Hoshim. An International Multidisciplinary Research Journal. GENESIS AND EVOLUTION OF THE CITY OF BUKHARA. Vol. 11, Issue 12, (910-913). 4. Xayitov Sunnatjon Istamovich. International Journal on Integrated Education (IJIE). Evolution of Mass Public Buildings and Complexes Problems of Modern Spatial Organization in Bukhara. Volume 5 | No 2 (Feb 2022) 63-73. 5. Tog’boyev Xushnud Iskandarovich. An International Multidisciplinary Research Journal. GENESIS AND EVOLUTION OF THE CITY OF BUKHARA. Volume 2 Issue 5, May 2022 502-506. 6. Rabiyev G‘ayrat Botirovich. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. THE PLACE OF THE ARCHAEOLOGICAL MONUMENT OF THE SETTLEMENT OF VARAKHSHА IN THE STUDY OF THE MATERIAL CULTURE ZARAFSHA. VOLUME 3 , ISSUE 3 , MARCH. 7. Toshev Jo‘rabek Toyir o‘g‘li. International Engineering Journal For Research & Development. Vol. 6, Issue 6, December 2021 (609-613) 8. Usmonov Erkin Toxirovich. International Engineering Journal For Research & Development. MEDIEVAL BATH OF ANCIENT BUKHARA. Vol. 6, Issue 6, December 2021 (550-556).

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

Ta’lim yo’nalishi talabalariga KNAUF texnologiyalarini o’rgatish uchun O’zbekiston Germaniya qo’shma korxonasi IP OOO “KNAUF GIPS BUXARA” bilan shartnoma tuzilgan.
Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqaramsi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari va DUAL ta’lim shaklida o‘qishlar tashkil etilgan.
BMTI va Moskva Davlat qurilish universiteti (NIU MGSU) ROSSIYA o’rtasida Hamkorlik shartnomasi 07.09.2017 yil, NIU MGSU №369-193/07 va 2017-2025 yillar uchun birgalikda ishlash rejasi tuzilgan. Rossiyaning qurilish sohasidagi eng yetakchi universiteti bilan professor-o’qituvchilarning malaka oshirish, stajirovkasi va talaba almashinuvi yo’lga qo’yilmoqda.
Kafedra xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik:
1. Germaniyaning “Podstam universiteti” yetakchi professorlari va mutaxassislari Jorg Roder bn Steffan Laue, Volker Bley.
2. O‘zbekiston va Italiyaning Ferrara shahridan ASSORESTAURO assotsiatsiyasi Italiya savdo agentligi xodimi Salone del Restauro bilan hamkorlikda tashkil etiladigan “Restoration Week 2025” ko‘rgazmasida ishtirok etish.
3. Azerbaycan memarliq ve insaat universiteti bilan hamkorlik memorandumlari, qo‘shma dasturlar va bitimlar imzolash orqali qo‘shma ta’lim dasturlari ochish rejalashtirilgan.
4. Vilnius texnika universiteti bilan hamkorlik memorandumlari, qo‘shma dasturlar va bitimlar imzolash orqali qo‘shma ta’lim dasturlari ochish rejalashtirilgan.
O'qituvchilar soni, ilmiy sahlohiyati bo'yicha , talabalar soni:
Hozirgi kunda kafedrada 26 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
Shundan: 22 ta asosiy shtatda
Ichki o‘rindosh – 2 ta, Tashqi o‘rindosh 2ta.
Ilmiy salohiyat: 40 % ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda talabalar soni: 360 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.

   BuxMTI va Moskva Davlat qurilish universiteti (NIU MGSU) ROSSIYA o‘rtasida Hamkorlik shartnomasi 07.09.2017 yil, NIU MGSU №369-193/07 va 2017-2025 yillar uchun birgalikda ishlash rejasi tuzilgan. Rossiyaning qurilish sohasidagi eng etakchi universiteti bilan professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish, stajirovkasi va talaba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2018-yil 20- 26 noyabr kunlarida Moskva Davlat qurilish universiteti “Qurilish materiallari va materialshunosligi” kafedrasi dotsenti Anton Sergeevich Pilipenko va 2019 yilning 20-27may kunlarida dotsent Sergey Sergeevich Inozemtsovlar tomonidan “Qurilish materiallari” fanidan master klass darslari o‘tkazildi. Kelajakda iqtidorli talabalar Moskva Davlat qurilish universitetiga yuborilishi kelishib olindi. 2020 yilda birinchi bosqichda 3 nafar professor o‘qituvchining ushbu institutda malaka oshirib kelishi rejalashtirilmoqda. eng etakchi universiteti bilan professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish, stajirovkasi va talaba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2018-yil 20- 26 noyabr kunlarida Moskva Davlat qurilish universiteti “Qurilish materiallari va materialshunosligi” kafedrasi dotsenti Anton Sergeevich Pilipenko va 2019 yilning 20-27may kunlarida dotsent Sergey Sergeevich Inozemtsovlar tomonidan “Qurilish materiallari” fanidan master klass darslari o‘tkazildi. Kelajakda iqtidorli talabalar Moskva Davlat qurilish universitetiga yuborilishi kelishib olindi. 2020 yilda birinchi bosqichda 3 nafar professor o‘qituvchining ushbu institutda malaka oshirib kelishi rejalashtirilmoqda.

Jahonning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari oʼrnatish; ¬ oʼquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʼor pedagogik texnologiyalar, oʼquv dasturlari va oʼquv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish; ¬ oʼquv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar oʼtkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor taʼlim muassasalaridan yuqori malakali oʼqituvchilar va olimlarni faol jalb qilish; ¬ yetakchi xorijiy OTMlar bazasida tizimli ravishda yosh oʼqituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka oʼtashlarini, professor-oʼqituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishni yoʼlga qoʼyish; ¬ professor-oʼqituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʼullanishga keng jalb etish; ¬ yangi avlod oʼquv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayoniga keng tatbiq etish; ¬ ehtiyojdan kelib chiqib, zamonaviy oʼquv, oʼquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish; ¬ oʼquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʼqituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish; ¬ Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, olib boriladigan ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish; ¬ taʼlimning maʼnaviy-ahloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik gʼoyalariga, yuksak maʼnaviyat va insoniylikning milliy anʼanalariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot gʼoya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash boʼyicha keng koʼlamli maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish; ¬ kafedraning moddiy-texnika bazasini, ilm-fanining ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha oʼquv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash.