
Muhandislik fakulteti tyutori Nodira Hakimova hamda 1-bosqich talabalari hamkorligida ekologik madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va atrof-muhitni toza saqlash maqsadida “Eko-ploging” tadbiri tashkil etildi.
🌍 Tadbir davomida talabalar hududlarni chiqindilardan tozalab, tabiatga bo‘lgan mehr va mas’uliyatli munosabatning yorqin namunasini ko‘rsatdilar.
Mazkur tadbir orqali yoshlar:
✅ Jismoniy faollikni oshirdilar
✅ Ekologik ongni mustahkamladilar
✅ Tabiatni asrash har bir insonning burchi ekanini yana bir bor angladilar
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oliy ta’lim tizimida ilm-fanni rivojlantirish, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh fidoyi ayollar Oliy Majlis Senati Raisining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, ushbu e’tirofga sazovor bo‘lganlar qatorida Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova ham bor.
Mazkur yuksak mukofot Sadoqat Siddiqovaning ko‘p yillik samarali mehnati, yoshlar tarbiyasi, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy va tashkiliy faoliyat rivojiga qo‘shgan munosib hissasining yana bir yorqin e’tirofi bo‘ldi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan bayramona sahna ko‘rinishlari, podium chiqishlari va turli badiiy chiqishlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Mazkur bayram tadbiri ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yana bir bor namoyon etib, barchaga unutilmas taassurotlar qoldirdi.
✅ Tashrif davomida mehmonlar universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy va ta’limiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
💡 Kelgusida ikki universitet o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, student almashinuvi dasturlari va seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Jumladan quyidagi oliy ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik memorandumlari imzolandi:
🔹 Akademik M.S. Osimi nomidagi Tojikiston davlat texnika universitetining Xo‘jand shahridagi Politexnika instituti
🔹Tojikiston davlat politexnika instituti (akademik M.S. Osimi nomidagi)
🔹 Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti
🔹 Mazkur universitet huzuridagi “Respublika turizm va xizmat sohasi xodimlari malakasini oshirish markazi”
🔹 Universitet tarkibidagi Levakant xalqaro instituti
🔹 Universitet tarkibidagi Dangara xalqaro instituti
🔹 Abduabdulloh Rudakiy nomidagi Kulob davlat universiteti
🔹 Tojikiston Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar universiteti
Mazkur memorandumlar ikki tomonlama akademik hamkorlikni rivojlantirish, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyat sohasida aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Memorandum doirasida:
➖talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi;
➖ qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni tashkil etish;
➖ ilmiy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar o‘tkazish;
➖ qo‘shma ilmiy maqolalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish kabi yo‘nalishlar nazarda tutilgan.
Ushbu kelishuvlar ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
⚡️2026-yil 15-mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida respublika OTMlari rektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan transformatsiya qilishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhom Sirojev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda soha rahbarlari farmon loyihasining strategik ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
✔️Yig‘ilish davomida oliy ta’lim boshqaruvini takomillashtirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur sayilni universitet rektori Sadoqat Siddiqova kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha yig‘ilganlarni Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z nutqida ushbu qadimiy bayramning insonparvarlik, mehr-oqibat va yangilanish timsoli ekanini alohida ta’kidladi.
Navro‘z – bu nafaqat fasllar almashinuvi, balki qalblarda ezgulik va umid uyg‘otuvchi ulug‘ ayyomdir!
⚡️ Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi ham ushbu tadbirda faol ishtirok etdi va o‘zining ajratilgan hududida ko‘plab qiziqarli va madaniy tadbirlarni namoyish etdi.
✅ Universitet jamoasi tomonidan bayramona taomlar ko‘rgazmasi, rassomchilik va milliy kiyimlar namoyishi, arqon tortish, kurash, tosh ko‘tarish kabi milliy sport turlari tashkil etildi. Tadbir mehmonlari ushbu ko‘rgazmalar orqali Buxoro xalqining boy madaniy merosi va bayramona ruhini yaqindan his qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Tashrif doirasida universitet talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova, Milliy bankning Buxoro viloyati bosh boshqarmasi rahbari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talaba-yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta’minlash, startap loyihalarni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama etildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar va rahbariyat o‘rtasida ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb masalalarga amaliy yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.