“Yashil makon-2025” umummilliy loyihasi doirasida Buxoro davlat texnika universiteti ham o‘z hissasini qo‘shmoqda!

Universitetimizning barcha talabalari, professor-o'qituvchilari va xodimlari birgalikda yashil makonlarni yaratishga, tabiatni asrab-avaylashga va ekologik ongni oshirishga intilmoqda.

✅ Yashil hududlarni ko'paytirish, energiya samaradorligini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan loyihalarimiz – bu yurtimiz kelajagi uchun muhim qadamlar!

Buxoro davlat texnika universiteti, “Yashil makon-2025” loyihasi orqali atrof-muhitni asrab-avaylashga va kelajak avlodlar uchun sog'lom, yashil dunyo yaratishga o'z hissasini qo'shadi.