Buxoro davlat texnika universitetiga xorijdan nufuzli olim — Deni Darmawan tashrif buyurdi.
Mazkur tashrif universitetda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, mehmon yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, xalqaro ilmiy bazalarda, jumladan Scopus tizimida h-indeksi 52 ni tashkil etadi.
Tashrif doirasida Buxoro davlat texnika universiteti hamda Universitas Pendidikan Indonesia (Institut Pendidikan Indonesia Garut, School of Postgraduate Studies) o‘rtasida Memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum asosida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish rejalashtirildi.
Shuningdek, tashrif davomida professor tomonidan seminar-trening tashkil etildi. Unda zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro tajribalar muhokama qilinib, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun katta ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etdi.
