Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari fakulteti talabalari o‘rtasida “YANGI YIL DASTURXONI” nomli pazandachilik ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Bellashuv so‘ngida quyidagicha natijalar qayd etildi:
Eng faol guruh - “Oshxona qirolichalari” jamoasi
Eng mohir guruh - “Dietologlar” jamoasi
Eng ijodkor guruh - “Mohir oshpazlar” jamoasi
Eng chaqqon guruh - “Heathy food” jamoasi
Taqdirlash marosimida har bir jamoa Tashakkurnoma va 500 ming so‘mdan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.