Buxoro davlat texnika universiteti Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston sharoitida tarixiy xotira va maʼnaviy-ruhiy tarbiya: Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish masalalari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjuman tashkil etildi.
Mazkur anjumanda tarixiy merosni asrab-avaylash, yosh avlodni milliy va ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari keng muhokama qilindi. Xususan, Amir Temur faoliyati, uning davlat boshqaruvi, strategik tafakkuri hamda ma’naviy merosi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari va olimlar tomonidan dolzarb mavzular yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi hamda fikr almashildi.
