Buxoro davlat texnika universiteti rektori — Sadoqat Siddiqova hamda Universiti Tun Hussein Onn Malaysia (UTeHO) rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida ikki muhim yo‘nalish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:

🔹 “Halol gastronomiya va turizm sohasida ilg‘or tajriba markazi”ni tashkil etish
🔹 Zamonaviy dron texnologiyalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish markazini yo‘lga qo‘yish

Mazkur tashabbuslar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
— xalqaro halol standartlar asosida ta’lim dasturlarini integratsiya qilish;
— ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish;
— mahsulot va xizmatlar uchun amaliy sertifikatsiya tizimini joriy etish;
— dron texnologiyalari orqali sanoat, qishloq xo‘jaligi va monitoring tizimlarida samaradorlikni oshirish;
— Malayziya tajribasi asosida (Malaysian Standards — MS) o‘quv rejalari va metodikalarni takomillashtirish.

Hamkorlik doirasida:
🔸 xorijiy mutaxassislar ishtirokida master-klasslar va treninglar tashkil etish;
🔸 qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va xalqaro ilmiy bazalarda (Scopus, Web of Science) chop etish;
🔸 dronlarni loyihalash, sinovdan o‘tkazish va mahalliylashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yish;
🔸 ishlab chiqaruvchilar va davlat tashkilotlari bilan integratsiyani kuchaytirish;
🔸 zamonaviy laboratoriyalar asosida innovatsion infratuzilmani rivojlantirish rejalashtirilgan.

Ushbu kelishuvlar ilm-fan, ta’lim va yuqori texnologiyalar integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.