Buxoro muhandislik-texnologiya institutida o‘quv va turarjoy binolarini isitish, kuz-qish mavsumida yuzaga keladigan ayrim noqulaylik va muammolarni tezkor bartaraf etish, talabalarga qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda yanada sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu shtab sutkasiga 24 soat davomida ishlab, murojaatlarni tezkorlik bilan hal etmoqda.