Shokirov Laziz Baxtiyorovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

    Shokirov Laziz Baxtiyorovich Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/29.10.2021.T.101.03 raqamli ilmiy kengashda 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha “Ohorlash jarayonini takomillashtirish asosida to‘quvchilik samaradorligini oshirish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

  Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi nomidan Shokirov Laziz Baxtiyorovichni ushbu yutuq bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz!