Buxoro davlat texnika universiteti xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Sport — sog‘lik garovi” shiori ostida sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda universitetning barcha xodimlari faol ishtirok etib, jamoaviylik, birdamlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
Sport musobaqalari davomida ishtirokchilar nafaqat jismoniy chiniqish, balki ijobiy kayfiyat va motivatsiya ham oldilar.
Bunday tadbirlar jamoa salomatligini mustahkamlash, ish unumdorligini oshirish hamda sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
