Mazkur marafonda Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, yurtimiz tarixiga bo‘lgan hurmat va ehtiromini namoyon etdi.

Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan keng qamrovli tadbirning ikkinchi bosqichi Buxoro shahridagi Bukhara City zamonaviy majmuasida tantanali va ruhiy ko‘tarinkilikda o‘tdi.

Tadbir jarayonida milliy an’analarimizni e’zozlash, ajdodlar merosiga hurmatni mustahkamlash hamda yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan sahna chiqishlari, badiiy dasturlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar namoyish etildi.