Respublika ishchi guruhi tomonidan “Registrator ofisi” faoliyatini oʻrganish ishlari olib borildi

 Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Registrator ofisi” faoliyatini oʻrganish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tomonidan oliygohimizda o‘rganish ishlarini amalga oshirildi.

   Ishchi guruh vakillari “Registrator ofisi” faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator ustuvor yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.

   Jumladan, “Registrator ofisi” uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zarur moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlanganligi, xizmat ko‘rsatishning me’yoriy talablariga mosligi, shuningdek, o‘quv jarayonini raqamlashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqildi.