Buxoro viloyat IIB Kiberxavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Xasanov,  Yo‘l harakati boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Umidjon Barakayev hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Marhabo Pardayeva va universitet inspektori Elnora Sanoyeva ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kiberxavfsizlik, yo‘l harakati xavfsizligi hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga oid muhim masalalar muhokama qilindi.