Tadbir davomida talabalar tomonidan qurilish sohasiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, yoshlar o‘rtasida innovatsion loyihalar tanlovlarini tashkil etish, shuningdek, zamonaviy va ekologik loyiha ishlanmalari bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Hidoyatov talabalar tomonidan bildirilgan har bir g‘oya va loyiha vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlab, soha rivojiga zamonaviy nafas olib kirayotgan, yangilikka intiluvchan yoshlar bilan faxrlanishini bildirdi.

Vazirlik va universitet oʻrtasida kelgusida ham hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, faol yoshlar bilan mustahkam aloqa oʻrnatishga kelishib olindi.