Buxoro davlat texnika universitetida “Paxta, to‘qimachilik, yengil va charm sanoatida innovatsion texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni universitet rektori Sadoqat Siddiqova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z nutqida paxta-to‘qimachilik sanoatining bugungi kundagi ustuvor yo‘nalishlari, innovatsion yondashuvlar hamda sohaning istiqbolli rivojlanish tendensiyalari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

🌍 Mazkur anjuman — ilm-fan, innovatsiya va ishlab chiqarishni birlashtiruvchi muhim platforma bo‘lib, soha rivojiga yangi g‘oyalar va yechimlar olib kirishga xizmat qildi.

🚀 Ilm va innovatsiya yo‘lida yangi qadamlar davom etdi!