Buxoro davlat texnika universitetida raqamli texnologiyalar yo‘nalishida o‘tkazilayotgan “Oliygoh kubogi” tanlovi doirasida Robototexnika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

🎯 Mazkur musobaqa talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish, ularni innovatsion fikrlashga undash hamda raqamli texnologiyalar sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

💡 Musobaqada talabalar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, texnik bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, zamonaviy robototexnika sohasidagi ishlanmalarini taqdim etdilar.