Mazkur olimpiada davomida talabalar o‘zlarining axborot xavfsizligi, dasturlash va mantiqiy fikrlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar turli murakkablik darajasidagi vazifalarni bajarish orqali tizimlardagi zaifliklarni aniqlash hamda muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha bellashdilar.

Musobaqa jarayonida talabalar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning kelajakda malakali IT mutaxassisi sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.