“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan, yoshlarni ilm-fan va ilmiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi vakillaridan iborat ishchi guruh Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi.

  O‘rganish davomida institutda yosh olimlar va talabalarning ilmiy faoliyat yuritishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilganligi, “Ustoz — shogird” anʼanalarini mustahkamlash, ilmiy izlanuvchilarning iqtidorli kelajak avlodini shakllantirishga doir amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilishdi.

  Shuningdek ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha institutda amalga oshirilgan ishlar holati ham o‘rganildi.