Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston Qahramoni Raxmatova Martiya Axmedovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida mehmon o‘zining hayot yo‘li, erishgan yutuqlari hamda yoshlar uchun muhim bo‘lgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ilhom va motivatsiya oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, ularni katta marralar sari undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
