⚡️ Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi ham ushbu tadbirda faol ishtirok etdi va o‘zining ajratilgan hududida ko‘plab qiziqarli va madaniy tadbirlarni namoyish etdi.
✅ Universitet jamoasi tomonidan bayramona taomlar ko‘rgazmasi, rassomchilik va milliy kiyimlar namoyishi, arqon tortish, kurash, tosh ko‘tarish kabi milliy sport turlari tashkil etildi. Tadbir mehmonlari ushbu ko‘rgazmalar orqali Buxoro xalqining boy madaniy merosi va bayramona ruhini yaqindan his qilish imkoniga ega bo‘ldi.
