Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan eʼlon qilingan “Muhandislik oyligi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Muhandislik oyligi” — mamlakatimizda yoshlarni muhandislik va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, ularning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etishga qaratilgan yirik loyiha hisoblanadi.

Loyiha doirasida bir oy davomida respublika bo‘ylab turli ilmiy va innovatsion tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.