“Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli san’at arboblari va adiblar Nurilla Choriyev hamda Alisher Mirzo oliygohimizga tashrif buyurdi.

  Dastlab mehmonlar institut rektori tomonidan iliq kutib olindi.  So’ngra institutimizda tashkil etilgan “Ustozlar bog'i”ga yaxshi niyatlar ila ko'chat ekildi.

  Loyiha doirasida mehmonlar hamda institut rektori o’rtasida uchrashuv ham tashkil etildi.

Institut rektori Sadoqat Siddiqova:

-Adabiyot va san’at yoshlarni hayotdagi goʻzalliklardan ilhomlanishga, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. 

Bu kabi uchrashuvlar “yaratuvchi-vatanparvar” muhandislarni tarbiyalash, ularni to’g’ri yo’lga yo’naltirish, mamlakat taraqqiyotida o’z hissasini qo’shadigan yetuk kadrlar bo’lishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Albatta, har bir sohaning yuksak mahorat sohibi "sanʼatkor" dir. Bizning institutimiz talabalari ham juda iqtidorli. Kelajakda esa o’z sohasining buyuk insoni ya’ni “san’atkor”i bo’lishiga ishonamiz.

 

Shundan so'ng institut faollar zalida taniqli san’at arboblari va adiblar hamda talaba yoshlar ishtirokida adabiy-ma'rifiy suhbat bo'lib o'tdi.

 Suhbat davomida adiblarimiz o'zbek adabiyoti, jamiyatimizda ma'naviyat va ma'rifatning o'rni, o'z asarlarining tahlili haqida so'zlab o'tishdi. Ijodkorlar o'z kitoblaridan institut talabalari o'qishlari uchun tuhfa etishdi.

 Shuningdek tadbirda talabalar tomonidan Nurilla Choriyev qalamiga mansub asar asosida sahnalashtirilgan sahna ko'rinishi ham namoyish etildi.