Buxoro davlat texnika universiteti Kimyo texnologiyasi kafedrasida talabalar ilmiy salohiyatini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kimyoviy texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Umumiy kimyoviy texnologiya fanidan muntazam to‘garaklar olib borilmoqda.

 To‘garakning maqsadi:

Talabalarga kimyoviy texnologiyaning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rgatish;
Ilmiy-tadqiqotga qiziqqan yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash;
Texnika va muhandislik sohalarida kimyo fanining ahamiyatini yoritish;
Kimyo sohasida innovatsion loyihalar ishlab chiqish va laboratoriya ishlarini olib borish.