“Kelajak muhandislari festivali” doirasida Buxoro davlat texnika universiteti tashabbusi bilan umumta’lim maktab o‘quvchilari, texnikum va kollej yoshlari, mahalla yoshlari, imkoniyati cheklangan yoshlar hamda BDTU talabalari o'rtasida eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallab, qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Ushbu rag‘bat yoshlarning ilm-fan va texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni yangi yutuqlarga ilhomlantirishga xizmat qilmoqda.
