“Just Dance” tanlovida BuxDTU talabalari g‘olib bo‘lishdi!
Bosh sahifa “Just Dance” tanlovida BuxDTU talabalari g‘olib bo‘lishdi!
Buxoro davlat texnika universiteti talabalari Sarvinoz Qilichova va Ozoda Muratova “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan Respublika miqyosidagi “Just Dance” fidjital raqs o‘yinlarida “Eng kuchli plastika sohibasi” hamda “Eng kreativ tashkilot” nominatsiyalariga sazovor bo‘lishdi!
Ushbu yutuqlar munosabati bilan talabalar universitet rektori Sadoqat Siddiqova tomonidan taqdirlandi.
Bu kabi g‘alabalar – yoshlarimizning nafaqat bilimda, balki san’at va texnologiyada ham faolligini ko‘rsatadi!
Talabalarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz, kelajakdagi o'qish va ishlarida omad tilaymiz!