Iqtisodiyot sohasi - amaliyot bilan tirik soha

   Dual ta’limda kasbiy amaliyot va o‘qish bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shubhasiz, yoshlarga “ish hayoti”ga oson moslashishni ta’minlaydi. Oliygohni tamomlagan bitiruvchi endilikda ishlab chiqarish korxonasi haqida to‘liq bilim va tasavvurga ega bo‘ladi. O‘qish davomida talabaning mehnat munosabatlariga kirishishiga zamin yaratadi.

   Shu bois Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda “Ipak Yo‘li Banki” bilan hamkorlikda dual ta’lim shakli yo‘lga qo‘yildi.

 Hozirda ushbu bankda 24 nafar talaba dual ta'lim asosida amaliyot o‘tamoqda. Kelgusida yana 30 nafar talabaning Ipak Yo‘li Bankida amaliyot o‘tashi rejalashtirilmoqda.