Buxoro davlat texnika universitetida qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Wärtsilä Energy xalqaro kompaniyasi menejeri Muhammad Firdaus bin Zainal Abidin universitetga tashrif buyurib, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar uchun maxsus ma’ruza bilan chiqish qildi.

Ma’ruza davomida mutaxassis zamonaviy energetika tizimlarida shamol va quyosh energiyasi texnologiyalarining o‘rni, ularning global rivojlanish tendensiyalari hamda sanoatda qo‘llanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur uchrashuv Buxoro davlat texnika universitetida yashil energetika, innovatsion texnologiyalar va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda yosh muhandislarni zamonaviy energetika sohasiga jalb etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.