“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

 Buxoro davlat texnika universitetida “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisi Xodjayev Marufxon Maksudovich ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

  Uchrashuv davomida talaba-yoshlar vazir bilan ochiq va samimiy muloqot olib borib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Muloqot jarayonida energiya sohasi rivoji, amalga oshirilayotgan islohotlar, istiqboldagi rejalar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

  Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari, innovatsion g‘oyalari va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

  Mazkur uchrashuv yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etish, ularni dolzarb masalalar yechimiga jalb etish hamda kelajak mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.