Mazkur memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi:
🔹 Talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish
🔹 Qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va yangi mutaxassisliklarni rivojlantirish
🔹 Ilmiy-tadqiqot faoliyatida hamkorlik va tajriba almashish
🔹 Xalqaro grantlar va loyihalarda birgalikda ishtirok etish
🔹 Innovatsion g‘oyalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
Ushbu hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
