Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovinining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Natijalariga ko‘ra Diyorbek Jumayev eng yuqori ko‘rsatkich bilan institut bosqichi g‘olibi sifatida 2-bosqichga yo‘llanmani qo‘Lga kiritdi.

 2-hududiy saralash bosqichida Diyorbek Jumayevga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:

Eng tezkor dasturchi –  Dilshod Bobomurodov
Eng yosh dasturchi – Sevara Saidova 
Eng murakkab dastur dasturchisi – Sardor Botirov  
Eng omadli dasturchi –  Davlat Davronov