1-aprel — Butunjahon kulgi kuni munosabati bilan Buxoro shahrida “Nasriddin Afandi” va “Sharq taomlari” an’anaviy festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Unda Buxoro davlat texnika universiteti talabalari faol ishtirok etib, ijodiy chiqishlari va tashabbuslari bilan bayramga alohida shukuh bag‘ishladilar.

Festival milliy qadriyatlar va madaniy merosni targ‘ib qilishga xizmat qilib, sahna ko‘rinishlari, kulgili chiqishlar hamda milliy taomlar ko‘rgazmalari bilan boyitildi.