Buxoro muhandislik-texnologiya institutida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bosh sahifa Buxoro muhandislik-texnologiya institutida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishining 32-sonli bayonida keltirilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha institutda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek yig‘ilishda professor, dotsent ilmiy unvonini olgan izlanuvchilarning diplomlari tantanali ravishda topshirilib, yil davomida faol mehnat qilgan xodimlar tashakkurnoma va faxriy yorliq bilan tadirlandi.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o'qituvchisi Narzullo Mirzayev hamda Karim G'afurovning ko'p yillik pedagogik faoliyatlari inobatga olinib, "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni bilan mukofotlandilar.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi ustozlarni tabriklab, kelajakdagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!