Buxoro davlat texnika universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi!
Bosh sahifa Buxoro davlat texnika universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi!
Buxoro davlat texnika universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi!
Bugun universitetimizda iqtidorli va faol talabalar o‘rtasida an’anaviy “Rektor stipendiyasi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning asosiy maqsadi — talabalarni ilm-fan, ta’lim va ijtimoiy hayotdagi faolligi uchun rag‘batlantirish, ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirishdir.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘zining bilim, iqtidor va yutuqlarini namoyish etishdi. Ular ta’limdagi muvaffaqiyatlari, ilmiy ishlari, ijtimoiy faolligi hamda ijodiy yondashuvi bilan ajralib turishdi.
G‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan guvohnoma va moddiy mukofotlar bilan taqdirlandi.
Bu kabi tanlovlar yosh avlodni bilimli, tashabbuskor va vatanparvar mutaxassislar sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.