Mazkur shior ostida O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan shakllantirilgan jamoalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Ushbu musobaqada Buxoro davlat texnika universiteti o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining intellektual salohiyati hamda strategik fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Musobaqa nafaqat bilim va mantiqiy tafakkurni sinovdan o‘tkazdi, balki jamoalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
