Buxoro davlat texnika universitetida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Buxoro viloyati hududiy filiali, Respublika IT Park startap loyihalarni amalga oshirish bo’limi, E-auksion Buxoro viloyat maydonchasi va Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi bilan hamkorlikda “OTMlarda Raqamli startaplar dasturini samarali amalga oshirish va inkubatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

💡 Seminar davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va tajribaga ega bo‘lishdi:
🔹 OTMlarda innovatsion ekotizimni rivojlantirish istiqbollari
🔹 “Raqamli startaplar” dasturi doirasida loyihalarni saralash va amalga oshirish
🔹 Inkubatsiya markazlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish
🔹 Talabalar va yosh olimlarning innovatsion g‘oyalarini tijoratlashtirish mexanizmlari