“Bitiruv malakaviy ishlari tadqiqotlari – professional amaliyot poydevori” mavzusida V Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

  Mazkur konferensiya Rossiyaning A.N. Kosigin nomidagi Moskva davlat universiteti va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida tuzilgan Hamkorlik Memorandumi doirasida tashkil etildi.

  Konferensiyaning asosiy maqsadi  – Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida fan va ta’lim sohasidagi tashqi aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

  Oliy o‘quv yurtlarimiz o‘rtasida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish an’anasi hamkorligimizni rivojlantirish, ilmiy yutuqlarimiz bilan tanishish, texnika va texnologiyalar sohasida tajriba va axborot almashish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish borasida umumiy manfaatlarimizni rivojlantirmoqda.