BDTUda mini-futbol musobaqasi!
Bosh sahifa BDTUda mini-futbol musobaqasi!
BDTUda mini-futbol musobaqasi!
Buxoro davlat texnika universiteti Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu musobaqa do‘stona muhitda, sog‘lom raqobat ruhida kechib, ishtirokchilarning jamoaviylik va sport mahoratini namoyon etishiga imkon yaratmoqda.
Tadbir universitet jamoasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va hamkorlik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.