Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris Universiteti (UPSI)da tashkil etilgan “Majlis Syarahan Budiman” xalqaro ma’ruzalar majmuasi “Barqaror kelajakni o‘rganish: Barqaror rivojlanish uchun inklyuziv harakatlarni rejalashtirish” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buyuk Britaniya, Indoneziya, Malayziya va boshqa bir qator davlatlar qatori O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.

  Tadbirda Buxoro davlat texnika universiteti vakillari Umid Narziyev, Mirzo Nafasov va Said Nurov qatnashdi. Ilmiy-ma’rifiy muhitda o‘tkazilayotgan ushbu anjuman doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan samarali muzokaralar va tajriba almashuvlari amalga oshirildi.

  Xalqaro anjumanda Dr. Che Zalina Zulkifli tomonidan ma’ruza taqdim etildi. Qizg‘in ilmiy munozaralarga boy bo‘lgan uchrashuvlar barqaror rivojlanish, tabiatni asrash, yashil texnologiyalar, inklyuziv ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlarida yangi istiqbollarni ochmoqda.