Buxoro davlat texnika universitetida “Amir Temur oyligi” doirasida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✅ Tadbir davomida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning ibratli hayot yo‘li, boy tarixiy merosi, dono davlat boshqaruvi hamda jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

🔷 Dastur doirasida talabalar tomonidan she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, Sohibqiron siymosi aks etgan badiiy chiqishlar tashkil qilindi. Shuningdek, universitetning “QALQON” jamoasi tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixga hurmat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.