Buxoro davlat texnika universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Akademik halollik” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda akademik halollik tamoyillariga rioya etish, plagiat holatlarining oldini olish, ilmiy-pedagogik faoliyatda shaffoflikni ta’minlash hamda baholash jarayonida xolislik va adolat prinsiplariga amal qilish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida professor-o‘qituvchilarga ta’lim jarayonida akademik halollik muhitini mustahkamlash, talabalarda halollik va mas’uliyat hissini shakllantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida akademik halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.