1. O’quv jarayonining sifatini yanada oshirish bo‘yicha istiqboldagi ishlar:
- muhandis kadrlar tayyorlashda xorijda tajribasini o’rgangan holda institutda o‘quv ishlarini takomillashtirish;
- ta’limni ishlab chiqarish korxonalaridagi ish jarayonlari bilan birgalikda (DUAL ta’lim), shu jumladan ishlab chiqarish amaliyotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish korxonalaridagi ish jarayoni bilan birgalikda olib borishni kengaytirish;
-ishlab chiqarish korxonalari uchun kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnik ishlanmalarni olib borishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan keng foydalanish;
-ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yo’nalishlari bo’yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni joriy etish;
-kafedra pedagog kadrlarining ilg’or texnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda stajirovkalar tashkil etish orqali muntazam oshirib borish;
-ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta’lim jarayoniga va pedagogik faoliyatga jalb etish hamda soha mutaxasislari orqali seminar-treninglar, masterclasslar va dual darslarni tashkil etib borish;
- Darslarda “Case study”, “Debat”, “Brainstorming” kabi interaktiv usullaridan keng foydalanish;
- Moodle, Google Classroom, Zoom, MS Teams kabi platformalar orqali masofaviy yoki gibrid darslarni tashkil qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
- Talabalarni real muhitda tajriba orttirishiga imkon beruvchi darslar – laboratoriyalar, seminarlar, loyihalarni yanada ko‘oaytirish.
2. Sohaga aloqador korxonalarning zamonaviy laboratoriyalaridan ta‘lim jarayonida foydalanish bo‘yicha istiqboldagi ishlar:
Viloyatda mavjud sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqib, Buxoro shahar va tumanlardagi korxonalar bazasidagi zamonaviy laboratoriyalarda mashg’ulotlarni ma’lum bir qismini o’tkazish uchun korxonalar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish va uni o’z vaqtida amalga oshirishni kengaytirish.
3. Kafedra ilmiy salohiyatini oshirib borish bo‘yicha istiqboldagi ishlar:
• Kafedrada faoliyat yuritayotgan yosh pedagog xodimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish.
• Kafedrada ta’lim yo’nalishlari va magistratura bitiruvchilari orasidan yuqori bilimi va ijtimoiy madaniyati yuksak talabalarini tanlash, ularni til bilish darajasini oshirish va ilmiy ishga qiziqtirish;
• Kafedraning iqtidorli talabalari, magistr va pedagoglar o‘rtasida STARTAP g‘oyalar, inovatsion amaliy va fundamental loyihalar ishlab chiqish va grandlar yutishga qiziqtirish.
4. Kafedraning xorijiy aloqalarini oshirib borish bo‘yicha istiqboldagi ishlar:
• Kafedradagi ta‘lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari mavjud bo‘lgan xorijiy TOP 1000 ga kirgan oliy ta’lim muassasalarini va ular bilan bog‘lanish imkoniyatlarini topish;
• Xorijiy TOP 1000 ga kirgan oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumni imzolash, professor-o‘qituvchilari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatish, birgalikda xorijiy grantlar bajarish hamda SCOPUS bazaga kiradigan ilmiy maqolalar chop etish;
• Kafedradagi yetakchi professor o‘qutuvchilarni xorijiy TOP 1000 ga kirgan oliy ta’lim muassasalariga stajirovkalarini tashkil etish va xorijiy OTM professor-o‘qutuvchilarni kafedraga jalb etib, o‘zaro akademik almashinuvchanlikni yo‘lga qo‘yish.