
Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya universiteti tarkibida 1979-yildan boshlab kafedra «Amaliy matematika» nomi bilan o‘z faoliyat boshlagan. Yillar davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va o‘zgarishlarga hamohang tarzda kafedra nomi turli yillarda turlicha nomlangan 1999-yilda «Informatika», 2001-yilda fakultetlararo «Informatika» va xalq xo‘jaligi tarmoqlariga mutaxassis kadrlar yetkazib beruvchi «O‘qitishning zamonaviy texnologiyalari» kafedralariga ajratildi. 2005-yilda har ikki kafedra qayta birlashtirilib “Informatika va axborot texnologiyalari”, 2015-yil sentabrdan “Axborot texnologiyalari” va 2017 yil avgust oyidan “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” nomi holatida o‘zgartirildi. Kafedraga 1992 yildan boshlab «Hisoblash texnika»si keyinchalik 5140900-Kasb ta’limi (Informatika va axborotlar texnologiyasi), 53302000-Informatika va axborotlar texnologiyasi, 60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), hozirda 60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi va 70610201 – Kompyuter tizimlariva uning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlovchi ixtisoslik kafedra maqomini oldi. Kafedra bazasida 1985 yilda nafaqat viloyatimizda balki Respublikamizning Oliy o‘quv yurtlari orasida birinchilardan bo‘lib ES-1035 rusumli Elektron hisoblash mashinasi ishga tushirildi. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar doirasi kengaytirildi va moddiy texnika bazasi yangi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlandi. Kafedra “Hisoblash mashinalari, komplekslari, tizimlari va tarmoqlarini matematik va dasturiy ta’minlash” va 70610201 – Kompyuter tizimlariva uning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlashga ixtisoslashdi. 1996 – 2025 yillar davomida kafedra 3000 dan ortiq yetakchi mutaxasislar yetkazib chiqardi. Kafedrada eng zamonaviy kompyuterlar va o‘qitish vositalari bilan ta’minlangan o‘quv xonalari, laboratoriya, multimedia xonalari mavjud. Kafedrada 1991-2025 yillarda 1 ta DSc va 25 ta fan nomzodi va PhD nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Kafedraning asosiy tarkibini yoshlar tashkil etadi, ularning o‘rtacha yoshi 42 yoshni tashkil qiladi. Hozirda kafedrada 3 ta doktorant va 3 ta mustaqil izlanuvchilar PhD va DcS dissertatsiyalari ustida ilmiy ish olib borishmoqda. Ularning himoyasi 2026-2028 yilda rejalashtirilgan. Kafedra faoliyati davomida kasb-hunar kollejlari uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalar 32 ta, oliy o‘quv yurtlari uchun 12 ta darslik va 50 tadan ortiq o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanib Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining grifi bilan chop etilgan, dasturiy vositalar uchun 200 dan ortiq mualliflik guvohnomalari olingan. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash keng yo‘lga qo‘yilgan: Jumladan turli yillarda 8 nafar talabalar Beruniy va Navoiy nomidagi Davlat stipendiantlari bo‘lishgan, 6 nafar talaba “Kelajak ovozi” media ko‘krak tanlovini viloyat va Respublika bosqichlarda ishtirok etib sovrinli o‘rinlashlarni egalashgan. Kafedra o‘qituvchilari 2 ta xalqaro grantlarning sohibi chet ellik hamkasblar bilan muvofaqiyatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yganlar. Shu grantlar hisobidan kafedraning moddiy texnik bazasini va adabiyotlar bilan ta’minlanganlashda yetarli muvofaqiyatlarga erishdilar va kafedraning bir qator o‘qituvchilarin Latviya, Shvetsiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Sloveniya, Rossiya, Malayziya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirganlar.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1.Razzakov Sh.I., Yo'ldoshev Sh.S., Ibragimov U.M.«Kompyuter grafikasi» fanidan o‘quv qo‘llanma. 2017
2.Mo`minov Sh.R.«Iqtisodiy matematik modellar va usillar» fanidan darslik, 2008,
3.Razzakov Sh.I., Yunusova M.J. “Dasturlash praktikum” fanidan o‘quv qo‘llanma. 2015
4.Razakov Sh.I., Yo'ldoshev Sh.S., Narziyev U.Z. va boshqalar «Axborot texnologiyalari» o‘quv qo‘llanma.
5.Razakov Sh.I., Yo'ldoshev Sh.S. “Dasturlash” fanidan o‘quv qo‘llanma.
6.Asraev Z. R. “Texnik mexanika” fanidan o‘quv qo‘llanma. 2021
7.Gaffarov L.X. “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari” fanidan uslubiy qo‘llanma 2021
8.Murodova F.R.,Nafasov M.M., Hayitova I.I., Murodova Z.R. “Ta`limda multimedia ilovalari” fanidan o`quv qo‘llanma 2021
9.Murodova F.R.,Nafasov M.M., Hayitova I.I., Murodova Z.R. “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanidan o`quv qo‘llanma 2020
Buxoro davlat - texnika universitetining “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasida taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish sohalarida joriy etish, kompyuter texnologiyasi va telekommunikatsiya vositalarini o‘quv jarayonida qo‘llashning yangi shakl hamda usullarini taʼlim samaradorligini oshirishda joriy etish masalalariga katta eʼtibor berilmoqda. Kafedra ilmiy tadqiqot ishlarning 2025-2030 yillar uchun ishlab chiqilgan va universitet rektori tomonidan tasdiqlangan istiqbolli reja asosida amalga oshirilmoqda.
Kafedrada 11 ta fan nomzodlari, 1 ta fan doktori, shuningdek 9 ta ilmiy tadqiqotchi ilmiy yo‘nalishlariga mos mavzular va muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Kafedraning ayrim professor o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining mavzusi va uning qisqacha tasnifi quyidagilardan iborat:
Murodova F.R.
Pedagog kadrlarning malakasini oshirishda telekommunikatsion tarmoqlar asosida masofadan turib o‘qitish tizimini joriy etish asoslari. Ushbu ilmiy mavzu O‘zbekiston Respublikasi kollej, litsey va tayanch Oliy o‘quv yurtlarida elektron kutubxona va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi dasturini taʼminotini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan va maxsus fanlardan elektron darsliklarni yaratish texnologiyasi va o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalarini ochib beradi.
Yo‘ldoshev SH.S.
Yonish jarayonida atmosferaga tarqaladigan zaharli gazlarni va olov alangasini tadqiqot qilish, energiyani tejovchi gaz qurilmalari tizimini loyihalash va tayyorlash texnologiyasi bo‘yichailmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion vazirligi tomonidan eʼlon qilingan grant loyihalar tanloviga 2 ta loyiha taqdim etildi. Xususiy tadbirkor “Kogon isitgich moslamalari” bilan zo‘aro hamkorlikda tadqoiqot ishlari olib borilmoqda.
Nurullayev M.M.
“Axborot texnologiyalar taʼlimida intellektual salohiyatini shakllantirish va aniqlash metodikasi (umumiy o‘rta taʼlim muassasalari misolida)”. Mavzuda olib borilayotgan tadqiqot ishlarida o‘rta maktab tizimida matematika fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan o‘rgatuvchi dasturlarni joriy etishning amaliy ahamiyati o‘rganilmoqda.
Muxammadiyeva Z.B
«Qattiq va chirimaydigan chiqindilarni avtomatik identifikatsiyalashning dasturi va mahalliy qurilmasini ishlab chiqish».
Ushbu ilmiy ish kafedra yunalishi buyicha olib borilayotgan mavzularning ma’lumotlari omborini yaratish va ularni dinamik qayta ishlash masalalariga bag‘ishlangan.
Hisobot davrida hamkorlik natijalariga ko‘ra, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar Respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda chop etildi. Shu bilan birga 50 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar bilan bir qator nufuzli xalqaro, respublika va universitet miqyosida o‘tkazilgan konferensiyalarda qatnashdilar.
U.Z.Narziyev
“Avtomatlashtirish tizimlari elementlarining ishonchliligini tadqiq qilishning modellari, algoritmlari va metodlarini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarmoqda. Tadqiqot natijasida yaratilgan immitatsion modellar va algoritmlar AO «Buxoroneftgazparmalash” korxonasining 6/0,4 kV kuchlanishli transformatorli podstansiyasida joriy qilindi. Natijada AO «Buxoroneftgazparmalash” korxonasining 6/0,4 kV kuchlanishli transfrmatorli podstansiyasi xarajatlari 2% ga kamayganligi aniqlandi. (AO «Buxoroneftgazparmalash” korxonasining 2020 yil 29 yanvardagi 02/DH-113-son maʼlumotnomasi). Hisobot davrida hamkorlik natijalariga ko‘ra, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq ilmiy maqolalar Respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda chop etildi. Shu bilan birga 50 dan ortiq ilmiy maʼruzalar bilan Respublika va institut miqyosida o‘tkazilgan bir qator nufuzli Xalqaro konferensiyalarda qatnashdilar.
Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris Universiteti (UPSI)da tashkil etilgan "Majlis Syarahan Budiman" xalqaro ma’ruzalar majmuasi “Barqaror kelajakni o‘rganish: Barqaror rivojlanish uchun inklyuziv harakatlarni rejalashtirish” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buyuk Britaniya, Indoneziya, Malayziya va boshqa bir qator davlatlar qatori AKT kafedrasidan U.Z.Narziev va M.M.Nafasovlar faol ishtirok etishdi.
Buxoro davlat texnika universiteti Axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi bilan qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 2025-2026 o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk davlat texnika universiteti va Qozog‘iston Respublikasi Al-Forobiy nomli Qozoq milliy universitetilari bilan Axborot tizimlari va texnologiyalari va Dasturiy injiniring masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Fanni ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi. Innovatsion korporativ hamkorlik
Kafedraning professor o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ishlab chiqarish ishlarining qisqacha tasnifi quyidagilardan iborat:
“Buxoro Toza hudud” davlat korxonasi va Uzjamoaloyiha MChJlarda kafedra filiallari tashkil qilingan. ATT yo‘nalishi talabalari bu korxonalarda Dual ta’lim, amaliyotlarni o‘tab kelmoqdalar.
O‘quv jarayonlarai bugungi kundagi ishlab chiqarishdagi ehtiyojlardan kelib chiqgan holda takomillashtirilgan bo‘lib, xususan “Buxara Real Moto” MCHJ bilan oquv jarayoni va amaliyotlar dual ta’lim asosida olib borilmoqda
Kafedrada amaliy va fundamental tadqiqotlar uchun 4 ta loyiha tayyorlab vazirlikka topshirildi. ALIPH fondi doirasida 4 ta xalqaro loyiha tayyorlanyandi.Kafedra o‘qituvchilari 2 ta xalqaro grantlarning sohibi chet ellik hamkasblar bilan muvofaqiyatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yganlar. Shu grantlar hisobidan kafedraning moddiy texnik bazasini va adabiyotlar bilan ta’minlanganlashda yetarli muvofaqiyatlarga erishdilar va kafedraning bir qator o‘qituvchilari jumladan Narziyev U.Z. - Latviya, Shvetsiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Sloveniya, Rossiya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘y icha malakalarini oshirganlar.